10:00 / 20.06.2024
947

Eldor Shomurodov jamoasiz qolmaydi

Eldor Shomurodov jamoasiz qolmaydi
Italiyadagi nufuzli manbalardan biri – La Gazzetta dello Sport nashri “Roma”ning transfer siyosati bo‘yicha yangilangan ma’lumot tarqatdi.

Rimliklar yozgi transferlar vaqtida bir guruh futbolchilarga yangi ish joyi topib berishi kerak. Manbaga ko‘ra, ayrim o‘yinchilar masalasida xaridorlar bilan muzokaralar davom etmoqda. Ba’zi o‘yinchilarning kelasi mavsumni qayerda boshlashi oydinlashib qoldi.

Marash Kumbulla va Ola Solbakken

Iste’dodli himoyachi Marash Kumbulla mavsumni “Sassuolo”da yakunladi va atigi yettita o‘yinda ishtirok etdi xolos. Avvalgi bosh murabbiy Joze Mourinoning talabi bilan jamoaga olib kelingan Ola Solbakken bir mavsumda ikki jamoa – “Olimpiakos” va “Urava Reds”da ijarada o‘ynab keldi. Jami 12 ta uchrashuvda bitta gol urgan o‘yinchi ham ishonchni oqlamadi.

“Roma” rahbariyati bu ikki futbolchidan qutilish yo‘llarini qidirmoqda va hozircha, potensial xaridor chiqqani yo‘q.

Andrea Belotti

Bir vaqtlar Yevropaning grand klublari orzusi bo‘lgan Andrey Belotti endi o‘ziga jamoa qidirishga majbur. 30 yoshli hujumchi mavsumni ijara asosida “Fiorentina”da o‘tkazib, 46 ta uchrashuvda 10 ta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich florensiyaliklarni ham, rimliklarni ham qoniqtirgani yo‘q. Lekin A Seriyaga qaytgan “Komo” hujumchini to‘liq transfer qilish bo‘yicha “Roma” bilan kelishib oldi.

Ebrima Darbo va Eldor Shomurodov

“Roma”ga tegishli bu ikki futbolchi mavsumni ijara asosida boshqa klublarda o‘tkazdi. Ebrima Darbo “Sampdoriya”da, Eldor Shomurodov “Kalyari”da to‘p tepdi.

Hozir ular atrofidagi vaziyat barqaror. Katta ehtimol bilan ular o‘zlari o‘ynagan jamoada davom ettiradi. Bu har ikki futbolchi ijara muddatida yaxshi o‘ynagani bilan bog‘liq.

Ta’kidlash joizki boshqa manbalarda ham Eldor Shomurodov kelasi mavsumni yana Sardiniya klubida boshlashi mumkinligi haqida axborotlar chiqa boshladi. Xususan, tuttocagliari.net hamda lamagicaroma.it kabi saytlar “Kalyari”ga o‘zbek legionerini jami 10 million yevroga to‘liq transfer qilish qiyinchilik tug‘dirgan bo‘lsa-da, sardiniyaliklar bu gal ham Shomurodovni ijaraga olishga urinayotgani haqida yozmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov jamoasiz qolmaydi
ePN