23:55 / 20.06.2024
128

Vitaliy Levchenko: "Hozirda "Neftchi" bilan amaldagi shartnomam bor va faqat shu haqda o‘ylayapman"

Vitaliy Levchenko: "Hozirda "Neftchi" bilan amaldagi shartnomam bor va faqat shu haqda o‘ylayapman"
Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida...
- Chetlatish o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatmay qolishi qiyin. Juda og‘ir o‘yin o‘tkazdik. Yigitlar maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Son jihatdan kamchilik bo‘lsak ham o‘yinda ustunlikka ega bo‘lgan vaziyatlarimiz bo‘ldi. Bugun namoyish etgan o‘yinlari uchun yigitlarga rahmat aytaman.

- "Neftchi" ikkinchi bo‘limda mutlaqo boshqacha o‘yin ko‘rsatdi. Tanaffusda yigitlarga nimalar dedingiz?
- Haqiqatdan ham yigitlar bugungi uchrashuvda juda yaxshi harakat qilishdi. Barcha tushunib turgandi, tarkibda kamchilik bo‘lib qoldik va chetlatilgan futbolchining o‘rnini o‘zimiz to‘ldirishimiz kerak. Tanaffusda yigitlar bilan gaplashib oldik. Zahiradan qo‘shilgan futbolchilar ham juda yaxshi o‘yin namoyish etib berishdi.

- Jasur Jaloliddinov nega zahiradan o‘yinga qo‘shildi?
- Jaloliddinov terma jamoada o‘ynab qaytdi, charchoq bo‘lishi tabiiy. Har bir o‘yin uchun rejamiz bor, u ikkinchi bo‘limda zahiradan qo‘shildi va ko‘rdingiz, o‘yinimizni yanada kuchaytirdi.

- Vitaliy Levchenko va Tojikiston terma jamoasi atrofida aylanayotgan mish-mishlarga munosabatingiz?
- Ha, bu haqida eshitdim. Hozir "Neftchi" bilan amaldagi shartnomam bor va faqat shu haqda o‘ylayapman.

- Birinchi davra yakunidan so‘ng tarkib borasidagi rejalaringiz bormi?
- Ha, albatta, rejalarimiz bor. O‘ylangan rejalarni amalga oshirishga harakat qilamiz, buning uchun bosqichma-bosqich jarayon va vaqt kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Levchenko: "Hozirda "Neftchi" bilan amaldagi shartnomam bor va faqat shu haqda o‘ylayapman"