
Mashhur amerikalik super og‘ir vazn toifasidagi bokschi Jeyms Tonining fikricha, Tayson Fyuri(34-1-1, 24 KO) Aleksandr Usik(22-0, 14 KO) bilan revansh jangida erta g‘alaba qozonishi mumkin.
"Revanshda Fyuri g‘alaba qozonadi. Bu safar u Usikka jiddiy qarshilik ko‘rsatadi va uni nokautga uchratadi. Tayson birinchi marta raqibini past baholadi va yutqazdi. U hech qachon bu yigitga yutqazmasdi", - deydi Toni Pro Boxing Fans bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, 18 may kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Usik ochkolar evaziga Fyurini mag‘lub etdi va super og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylandi. Revansh jangining taxminiy sanasi 21 dekabrga belgilangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.