
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining D guruhida Polsha va Avstriya terma jamoalari 21 iyun, juma kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida Trauner hisobni ochdi. 30-daqiqada esa Piatek hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limni avstriyaliklar faolroq boshladi. 66-daqiqaga kelib, Baumgartner ajoyib hujumni gol bilan yakunladi. 78-daqiqada Marko Arnautovich penaltidan unumli foydalanib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.
Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va Avstriya 3:1 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi.
Yevro—2024
2-tur
21 iyun, juma
Polsha – Avstriya 1:3
Gollar: 0:1 – 9 Trauner, 1:1 – 30 Piatek, 1:2 – 66 Baumgartner, 1:3 – 78, penal’ti Arnautovich.
Polsha: Shchensni, Davidovich, Bednarek, Kiver, Frankovski, Zalevski, Zelin’ski, Petrovski (Moder, 46), Slish (Grosiski, 75), Buksa (Sviderski, 60), Piatek (Levandovski, 60).
Avstriya: Pens, Posh, Trauner (Danzo, 59), Linxart, Mvene (Prass, 63), Zabitser, Laymer, Grillich (Vimmer, 46), Baumgartner (Shmid, 81), Zayvald, Arnautovich (Gregorich, 81).
Ogohlantirishlar: Slish (53), Vimmer (56), Moder (62), Levandovski (64), Arnautovich (70), Shchensni (77).
Yevro 2024Avstriya PolshaFutbol ChempionatiD GuruhGol UrishO‘yin Natijalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar