
Janluiji Buffon Italiyaning Ispaniyadan uchragan mag‘lubiyati haqida gapirdi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi Yevro-2024 guruh bosqichi 2-tur o‘yini 1:0 hisobida yakunlandi.
"Ispaniyaga qoyil qoldim. Ularning o‘yin uslubidan hayratlandim, ispanlar huddi bir kishi ko‘pdek harakat qilib, tinimsiz vaziyatlar yaratishdi. Yaxshiyam 0:1ga yutqazdik.
Agar Donnarumma gol o‘tkazmaganida, unga 10 baho qo‘ygan bo‘lardim. U Ispaniyaning barcha zarbalarini qaytardi.
Ba’zida g‘alabadan ko‘ra mag‘lubiyatdan keyin ishlash osonroq bo‘ladi. Ispaniya bilan o‘yinda ba’zi savollarga javob topdik. Agar Albaniyaga qarshi g‘alabadan so‘ng jamoaga 9 ball qo‘ygan bo‘lsam, Ispaniyaga qarshi bahsdan so‘ng 4 ball ham qo‘ymayman. Biz hozir o‘rtaroqdamiz va Xorvatiyani taslim qilishimiz uchun iloji boricha tezroq o‘z darajamizni topishimiz kerak" - dedi Buffon. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar