Foto: “Dinamo”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-turidan o‘rin olgan “Dinamo” - "Andijon" o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 37-daqiqasida Anvarjon Hojimirzayev hisobni ochdi. Birinchi bo‘limning qolgan qismida jamoalar uyushtirgan hujumlar besamar yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalari teng kurashlar ostida kechdi. Uchrashuvning 69-daqiqasiga kelib Bektemir Abdumannonov hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa Samarqand jamoasi yana durang o‘ynab ochkolari sonini 14 taga yetkazdi.
Superliga
12-tur
22 iyun, shanba
“Dinamo” – “Andijon” 1:1
Gollar: 1:0 — Anvarjon Hojimirzayev (37), 1:1 — Bektemir Abdumannonov (69).
“Dinamo”: Ravshan Yagudin, Ulug‘bek Abdullayev, Odil Abdumajidov, Fransis Narx (Humoyunmirzo Iminov, 63), Xislat Xalilov (Damir Temirov, 72), Joel Kojo, Salim Mustafoyev, Ratinio, Anvar Hojimirzayev, Sanjar Shoahmedov (Emmanuel Yagr, 63), Dushan Miyich.
“Andijon”: Eldor Adhamov, Abduvohid G‘ulomov, Sherzod Esanov, Levan Arveladze, Sardor Azimov, Vladimir Bubanya, Farhod Sohibjonov, Muhammadkarim Toirov (Ilhom Abdig‘aniyev,46), Islom Mamatkazin, Bektemir Abdumannonov (Shahrom Samiyev, 75), Rustam Turdimurodov.
Ogohlantirishlar: Arveladze (45+2), Azimov (54), Esanov (62), Ratinio (80).
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-turidan keyingi musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishga ega:
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»