Superliga 12-turi doirasidagi «Dinamo» - «Andijon» uchrashuvidan keyin Vadim Abramov stadionni to‘ldirgan minglab muxlislarga minnatdorchilik bildirib, durang uchun uzr so‘radi.
- Afsuski g‘alaba qozona olmadik, Samarqandda ajoyib futbol atmosferasini yaratgan muxlislardan uzr so‘rashni istardim, bayramga yarasha natija bo‘lmadi. Yutish kerak edi, ammo birinchi bo‘limda yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Ayniqsa, qarshi hujumlarda xavfli edik, ammo ikkinchi golni ura olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa Yagr yakkama-yakka vaziyatdan foydalanishda omad undan yuz o‘girdi. Sen urmasang raqib uradi, deyishadi. Shunday bo‘ldi. Adashmasam, yagona zarbasi golga aylandi. Shunaqasi bo‘lib turadi.
- Bugungi o‘yinda stadion to‘ldi, ochilish marosimi edi, qolaversa Samarqandning bir qator taniqli tadbirkorlari shu yerda ekanini ko‘rdik. Bu jamoaga qo‘shimcha bosim yuklamadimi?
- Ochilish bahsi o‘yinchilarga biroz bosim yuklashi tabiiy, chunki odatdagi o‘yinimizni to‘liq o‘yin davomida ko‘rsata olmadik. Shunga qaramay, birinchi bo‘limda vaziyatlar yarata oldik, ammo ikkinchi bo‘limda o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Samarqandlik muxlislar bugungi futbol bayramida g‘alabaga haqli edilar. Stadion so‘nggi daqiqagacha qo‘llab-quvvatladi, o‘yindan keyin olqishladi, demak o‘yinimiz ularga qay darajada bo‘lsa ham yoqqan bo‘lsa kerak. Keyingi o‘yinlarda ularni xursand qilishga intilamiz.
- Ikkinchi davrada jamoa tarkibini kuchaytirish rejalaringiz bormi?
- Albatta, bunday rejalar bor. Yangi o‘yinchilar bilan tarkibni kuchaytirishga umid qilamiz. Bunga nomzodlar ham bor.
- Shohruxbek Abdurahmonovni «Dinamo»ga qaytarish rejangiz bormi?
- Yo‘q, biz boshqa klubga tegishli o‘yinchilar haqida gapira olmaymiz. Uning «So‘g‘diyona» bilan shartnomasi bor.
- Hisobda oldinda borayotganda g‘alabani saqlab qolish uchun himoyaviy o‘ynash rejangiz bormidi?
- Bunday reja bo‘lganida ham tushunish kerak – bu g‘alaba keltirishiga kafolat yo‘q. Ayniqsa, bo‘ydor o‘yinchilarga ega, standartlarda yaxshi o‘ynaydigan «Andijon»dek raqibga qarshi. Yarim himoyada o‘yinni nazorat qila olmadik, yigitlar tavakkal qilishga jur’at qila olishmadi. Shu bois o‘zgarishlar qildik. Tavakkal qilishdan qo‘rqmaslik kerak. Men odatda futbol o‘ynashdan qo‘rqadigan o‘yinchilarga e’tiroz bildiraman. Xato hammada bo‘ladi, ammo futbol o‘ynashdan qo‘rqmaslik kerak.
«So‘g‘diyona»ga qarshi keyingi o‘yin? Muxlislarni xursand qilish uchun harakat qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»