Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan navbatdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks musobaqalari 27 iyuldan 10 avgustga davom etadi. Erkaklar o‘rtasidagi 7 ta va xotin-qizlar musobaqasida 6 ta medallar jamlanmasi uchun bahs boradi.
Yakkakurash turlarida eng keskin va murosasiz, tomoshabop to‘uqnashuvlar o‘ta og‘ir vazn toifasida kuzatiladi.
Bu vaznda Olimpiada chempionligiga asosiy da’vogar sifatida ayni paytda jahonning eng kuchli bokchisi hisoblangan Bahodir Jalolov e’tirof etilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Bahodir Parijga amaldagi jahon va Olimpiada chempioni sifatida yo‘l oladi.
Qamshibek Kunkabayev (Qozog‘iston)
Ekspertlarning tahliliga ko‘ra, Bahodir Jalolovning Parij ringlaridagi asosiy raqiblaridan biri qozog‘istonlik Qamshibek Kunkabayev bo‘ladi. Markaziy Osiyoning ikki pahlavoni o‘rtasidagi raqobat 2015 yildan beri davom etib kelmoqda.
Avvaliga Qamshibek umumiy hisobda 3:1 hisobida oldinda borgan bo‘lsa, Bahodir keyingi paytda raqibni ketma-ket olti marotaba mag‘lubiyatga uchratib, o‘zaro hisob-kitobda oldinga chiqib oldi – 7:3.
Abner Teyshera (Braziliya)
Tokio Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan braziliyalik charm qo‘l ustasi o‘tgan davr mobaynida yetarlicha tajriba to‘pladi. Navbatdagi Olimpiadada o‘ta og‘ir vazn toifasida “katta bokschilar” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Abner vaznini o‘zgartirganidan keyin Panamerika chempionati g‘olibi, Panamarika o‘yinlarida kumush, Janubiy Amerika o‘yinlarida oltin medal sohibi bo‘ldi.
Ayyub Gadfa (Ispaniya)
Yaqinda Belgradda o‘tkazilgan Yevropa chempionatining amaldagi chempioni Ayyub Gadfa ham o‘z qit’asida bo‘ladigan chempionatda oltin medalni olib qolishga harakat qiladi.
Ayyub Gadfa o‘tgan yili Toshkent mezbonlik qilgan jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritgandi. O‘shanda kelishib chiqishi arab millatiga mansub bo‘lgan ispaniyalik bokschini final ostonasida faqatgina Bahodir Jalolov to‘xtatib qola olgan.
Nelvi Tiafak (Germaniya)
Kelib chiqishi kamerunlik bo‘lgan og‘ir vaznli charm qo‘lqop ustasi Germaniya nomidan ringga chiqadi. Tiafak Yevropa chempionatlarida muntazam finallarda ishtirok etib kelmoqda. U bir bor oltin va ikki marta kumush medalga sazovor bo‘lgan.
Nelvi Toshkentdagi jahon chempionatida raqiblarini mag‘lub etib kelayotgan edi. Biroq chorak finalda Bahodir Jalolov to‘sig‘idan o‘ta olmadi.
Muhammad Abdullayev (Ozarbayjon)
Parij Olimpiadasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga da’vogarlik qiladigan yana bir bokschi Muhammad Abdullayev hisoblanadi. Ozarbayjonlik charm qo‘l qop ustasi Belgrad va Toshkentdagi jahon chempionatlarida bronza medalga ega chiqqan.
Abdullayev Tokiodagi Olimpiadada ham g‘oliblik uchun kurashgandi. Biroq chorak finalda Bahodir Jalolovga to‘qnash kelib, musobaqani erta to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
Ko‘rinib turibdiki, Bahodir Jalolov chempionlik yo‘lidagi asosiy raqiblarining deyarli barchasi bilan jang qilgan va ularning imkoniyatlarini yaxshi biladi.
Mutaxassislar Parij Olimpiadasidan keyin Jalolov bor e’tiborini professional boksga qaratib, bu yo‘nalishda ham jahon chempionligi uchun kurashishi aytilmoqda. Hamyurtimiz olti yildan beri ham havaskor, ham professionallar o‘rtasidagi janglarda ishtirok etib kelmoqda.
“Katta o‘zbek” taxallusi bilan tanilgan Bahodir profringda hozirgacha 14 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini muddatidan oldin taslim qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi