00:50 / 26.06.2024
150

Yevro—2024. Avstriya Niderlandiyani mag‘lub etdi, Fransiya esa Polsha bilan durang o‘ynadi

Yevro—2024. Avstriya Niderlandiyani mag‘lub etdi, Fransiya esa Polsha bilan durang o‘ynadi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining D guruhi 3-turdan o‘rin olgan o‘yinlar 25 iyun, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Avstriya Niderlandiyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 6-daqiqasida Malen avtogol muallifiga aylandi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Niderlandiya futbolchisi Gakpo hisobni tenglashtirdi. 59-daqiqada Shmid yana Avstriyani hisobda oldinga olib chiqdi. 76-daqiqada Depay muvozanatni tikladi.

80-daqiqada esa Zabitser Avstriyaga g‘alaba keltiruvchi gol muallifi bo‘ldi.

Guruhning ikkinchi o‘yini bo‘lgan Fransiya va Polsha qarama-qarshiligida 1:1 hisobida durang qayd etildi. Uchrashuvdagi ikkala gol ham penaltidan urildi. Biriga Kilian Mbappe mualliflik qilgan bo‘lsa, yana biri Robert Levandovski hisobiga yozildi.

3-turdan so‘ng D guruhi quyidagicha ko‘rinish olgan. Shu tariqa guruhdan Avstriya, Fransiya hamda Niderlandiya keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Yevro—2024
3-tur

25 iyun, seshanba
Niderlandiya – Avstriya 2:3
Gollar
: 0:1 – 6 Malen (avtogol), 1:1 – 47 Gakpo, 1:2 – 59 Shmid, 2:2 – 75 Depay, 2:3 – 80 Zabitser.
Niderlandiya: Verbryuggen, Gertryuyda, de Vrey, van Deyk, Ake (van de Ven, 65), Sxauten, Verman (Simons, 35), Reynders (Veynaldum, 65), Malen (Vegorst, 72), Gakpo, Depay.
Avstriya: Pens, Posh, Linxart (Baumgartner, 62), Veber, Prass, Zabitser, Grillich (Kverfeld, 64), Shmid, Zayvald, Vimmer (Laymer, 63), Arnautovich (Gregorich, 78).
Ogohlantirishlar: Posh (32), Vimmer (33).

Fransiya – Polsha 1:1
Gollar
: 1:0 – 56 Mbappe (penalti), 1:1 – 79 Levandovski (penalti).
Fransiya: Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Ernandes, Kante (Grizmann, 61), Rabo (Kamavinga, 61), Tchuameni (Fofana, 81), Dembele (Kolo-Muani, 86), Barkolya (Jiru, 61), Mbappe.
Polsha: Skorupski, Davidovich, Bednarek, Kiver, Zalevski (Skuras, 68), Zelinski, Shimanski (Sviderski, 68), Moder, Frankovski, Urbanski, Levandovski.
Ogohlantirishlar: Zalevski (24), Rabo (43).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro—2024. Avstriya Niderlandiyani mag‘lub etdi, Fransiya esa Polsha bilan durang o‘ynadi
ePN