
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Amir G‘alinoi qur’a va A guruhidagi jamoalar haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Dunyoda barcha mamlakatlar futbol darajasi jihatdan bir-biriga yaqinlashmoqda. Yevropa chempionati misolida bunga guvoh bo‘lyapmiz. Biz qiyin guruhdan o‘rin oldik. Qatar amaldagi Osiyo kubogi sohibi sanaladi. O‘zbekistonning turli yosh toifalari bo‘yicha erishayotgan natijalari ham ushbu mamlakat rivojlanayotgan davlatlar qatoridan joy olganini ko‘rsatmoqda. BAA ham Qatar singari yaqin yillardan beri futbolga sarmoya kiritib, yaxshi jamoa shakllantirmoqda.
Biz saralashda birinchi o‘rinni egalladik. Ishonchim komilki, guruhdagi ikki jamoadan biri sifatida jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritamiz va yaxshi o‘yinlar ko‘rsatib, Eron xalqini xursand qilishga harakat qilamiz", - dedi mutaxassis. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar