22:23 / 28.06.2024
407

BAAlik jurnalist: "Eron - guruhdagi yaqqol favorit. O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi o‘rin uchun asosiy da’vogar"

BAAlik jurnalist: "Eron - guruhdagi yaqqol favorit. O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi o‘rin uchun asosiy da’vogar"
JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi qur’a natijalaridan so‘ng amirlik sport jurnalisti Jon Makliy BAA terma jamoasi haqida fikr bildirdi.

- Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi saralashdagi raqiblarini bilib oldi. Guruh bosqichidagi raqiblar haqida fikr bildirib o‘tsangiz?

- BAA qiyin guruhdan joy oldi, ammo voqealar rivoji bundan ham yomon bo‘lishi mumkin edi. Eron guruhdagi yaqqol favorit. O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi o‘ringa asosiy da’vogar. Qatar va BAA uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallashsa kerak. Ikki arab mamlakatlari to‘rtinchi bosqichga yo‘l olishlari kerak.

- BAA terma jamoasining Jahon chempionatiga yo‘l olish imkoniyatlari qanday baholaysiz?

- Imkoniyatlar yaxshi, sababi mundial ishtirokchilari soni ko‘paytirildi. Bunday yaxshi imkoniyat boshqa bo‘lmaydi. Ikkinchi saralash bosqichidagi o‘yin sifatidan ko‘nglim to‘lmadi. Jahon chempionatiga chiqishni hoxlasak yaxshiroq futbol namoyish etishimiz kerak. Ayniqsa himoya chizig‘ini yaxshilash kerak. Yarim himoya va hujumdagi o‘yinchilarni to‘g‘ri tanlash kerak. Tarkibimizga balans yetishmayapti. Amirliklar vakillari JCH-2026ga qo‘shimcha pley-off bosqichi orqali chiqishlari haqiqatga yaqinroq.

- Guruhdagi asosiy raqiblar: Eron, Qatar va O‘zbekiston terma jamoalari haqida gapirib o‘tsangiz? Uch terma jamoa ham BAAdan kuchliroqmi?

- Agar Eron guruhda g‘olib bo‘la olmasa, men shok holatiga tushishim aniq. Ular har taraflama qolgan jamoalardan ustun. Shuningdek, forslar JCHning muntazam ishtirokchilari. O‘zbekiston - ajoyib terma jamoa. Tarkib iqtidorli yoshlar bilan to‘lgan. O‘zbekiston yoshlar terma jamoalarini ham kuzatib boraman. Yosh futbolchilar sekin astalik bilan milliy terma jamoaga o‘tmoqda. Yaqin kelajakda terma jamoangiz Osiyo grandlari qatoridan joy olishini taxmin qilaman. Qatar terma jamoasi avlodlar almashinuvi va o‘tish davrida degan bo‘lardim, lekin shunga qaramay ular ketma-ket ikkinchi marotaba Osiyo kubogida g‘alaba qozonishdi. Bu dahshatli natija. Akrom Afifning bir o‘zi o‘yin natijasini hal qilib qo‘yishi mumkin bo‘lgan futbolchi.

- BAA terma jamoasi Osiyo kubogida omadsiz ishtirok etdi. Bosh murabbiy Paulu Bentu ham jamoada qoldi. Jamoaning hozirgi holati qanday?

- Jamoa o‘tish davrida va o‘z o‘yinini izlamoqda. Bosh murabbiy Bentu hali o‘z uslubini jamoaga singdira olmadi. Jarohatlar ham bunga xalal bermoqda, ammo Bentu o‘yin sifatini tez orada kuchaytirishi kerak. Rasmiy o‘yinlargacha juda kam vaqt qoldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » BAAlik jurnalist: "Eron - guruhdagi yaqqol favorit. O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi o‘rin uchun asosiy da’vogar"