OKMK klubi Superliganing 13-turida Qarshida “Qizilqum”ga 1:0 hisobida yutqazdi. Uchrashuvdan keyin OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jurnalistlarning savollariga javob berdi.
- Shunaqa natija bo‘lishiga o‘zimiz aybdormiz. Qolaversa, “Qizilqum” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘zimiz sharoit yaratib berdik. Bugungi o‘yinni ruhan yutqazdik. Kuchli jihatlarimiz ko‘p edi. Imkonim bo‘lganida birinchi bo‘limni o‘zida 7-8 nafar futbolchini almashtirib yuborgan bo‘lardim. Bunaqa kayfiyat bilan futbol o‘ynab bo‘lmaydi. Hamma ta’tilga chiqib bo‘lgandi, chamadoni tayyor. Hamma narsani o‘ylashdi, lekin futbolni esdan chiqarib qo‘yishdi. O‘z bo‘ynimga olaman, shuncha ta’kidlaganim bilan singdira olmadim. Hayot davom etadi. Bu ham bir malaka.
- OKMK birinchi davrada 20 dan ziyod gol urdi va 15 ta to‘p o‘tkazib yubordi. Mana shu raqamlarga tahliliy tomondan qanday yondashgan bo‘lardingiz?
- Ko‘p gol urganimiz yaxshi. Ko‘p gol o‘tkazib yuborganimiz bu yomon. O‘z-o‘zidan aytib turibdi, OKMK muxlislarga yoqadigan va hujumkor o‘yin ko‘rsatadi. Hujumkor o‘ynaganida xohlaymizmi-yo‘qmi, himoya esdan chiqadi. Jamoalar qarshi hujumda shundan unumli foydalanib ketadi.
- Jamoa tarkibini ancha yoshartirgansiz. Ikkinchi davrada transfer bo‘yicha qanday rejalaringiz bor?
- Kim tayyor bo‘lsa o‘sha harakat qiladi. Yoshiga qarab qo‘yilmaydi. Yoshini qo‘ysangiz bitta o‘yinda o‘ynab, beshta o‘yinda o‘ynamasligi mumkin. Bu unga hech qanday kvota bermaydi. 30-35 yoshli futbolchilar “stabil” harakat qiladi va o‘ziga yarasha malakasi orqali jamoaga katta foyda beradiganlari bor. Shuning uchun o‘sha kunga tayyor kelgan futbolchilar harakat qiladi. Yosh bo‘ladimi, yoshi katta bo‘ladimi, jamoa uchun qayg‘urishi kerak. Hamisha kuchaytirishimiz kerak. Oldimizga yuqori o‘rinni olish uchun maqsad qo‘yganmiz. O‘ziga yarasha transferlar bo‘ladi. O‘tgan safar ham aytgandim, bu oson emas. Imkon qadar harakat qilamiz.
- Mavsum boshlanishidan oldin hech kim OKMK chempionlik uchun kurashishini o‘ylamagandi. Lekin natija ko‘rsatyaptiki, OKMK jamoasi bugungi kunda 1-o‘rinda...
- O‘tgan yili ham 2-o‘rinni olishimiz mumkin edi. Oxirgi uchrashuvda “Nasaf”ni yutganimizda, ammo durang bo‘lib qoldi. Oxirgi yillarda OKMK jamoasi “stabil” natija ko‘rsatyapti va bu ham o‘z imkoniyatmizdan kelib chiqqan holda.
- Demoqchimanki, jamoa oltin medal uchun kurashadimi?
- Hali o‘yinlar juda ham ko‘p. Oltin medalga kurashadigan jamoa futbolni esdan chiqarib qo‘ymasligi kerak, hali o‘yinni o‘tkazmasdan turib ta’tilga chiqib ketmasligi lozim.
- OKMK 75-daqiqadan keyin juda sermahsul o‘yin ko‘rsatib kelayotgandi. Bu safar 72-daqiqada qizil kartochka ko‘rsatildi, bu qanchalik ta’sir qildi?
- Albatta, ta’sir qiladi. Qolaversa, havoni ta’siri, dim bo‘ldi. Qizil kartochka juda katta ta’sirini o‘tkazdi. Shunga qaramasdan yigitlar oxirigacha kurashishdi. Shijoat va xohish, hech bo‘lmasa hisobni tenglashtirish uchun kurashishdi. Ha, xato bor. Xato kimda yo‘q? Allohdan tashqari hamma xato qiladi.
- Aziz Xolmurodovda qaysidir ma’noda yangi qirralari ko‘rinyapti. Bunga qanday erishdingiz? Ikkinchi savol, Shoxruh Gadoyev qachon tarkibga qaytadi?
- Ikkinchisidan boshlaymiz, Gadoyev Xudo xohlasa ikkinchi davradan qaytadi. Qatarga uchib ketyapti, test topshirishi kerak. O‘ylaymanki, ikkinchi davrada qo‘shiladi va yordami tegadi. Aziz Xolmurodovga keladigan bo‘lsak, u hali rosa ishlashi kerak. Meni uyimda ishlamaydiku, o‘zi uchun harakat qilsin. Yo‘nalish beramiz. Chidagan o‘ynaydi, chidamagan xayr.
- OKMKning o‘rinbosarlar jamoasiga qay darajada e’tibor beryapsiz? Ikkinchi davrada u yerdan qaysidir futbolchini asosiy jamoada ko‘rishimiz mumkinmi?
- Bu ham bizni jamoamiz. Yoshlardan jalb qilib, ularga motivatsiya berish, o‘zaro o‘yinlar...Yosh futbolchilar bilan asosiy jamoa o‘rtasida tez-tez o‘yinlar o‘tkazib turiladi. Bu orqali ularga katta motivatsiya beriladi. Yoshlardan ham ko‘pini jalb qilib turamiz. Hammasi o‘zlarini qo‘lida. Men o‘rniga chiqib hech nima qilib bera olmayman. Yo‘nalish berishim mumkin. Qayerdadir to‘g‘ri qilayotganini yoki xatosini aytishim mumkin. Tortib ketish har birini o‘z qo‘lida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi