Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining nimchorak finalidan o‘rin olgan birinchi uchrashuv 29 iyun shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Unda Shveysariya jamoasi Italiya termasi bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi daqiqalaridanoq shveysariyaliklar ustunlikni o‘z qo‘liga oldi. Natijada 37-daqiqada Remo Froyler hisobni ochdi. Birinchi taymda darvozaga gollar kiritilmadi.
Ikkinchi bo‘lim ham Shveysariya terma jamaosining ustunligida boshlandi. 46-daqiqada Ruben Vargasning ajoyib zarbasi Donnaruma qo‘riqlayotgan darvoza tomon yo‘l oldi — 2:0. Goldan so‘ng amaldagi chempionlar hujumga o‘tishga harakat qildi, ammo shveysariyaliklarning tartibli o‘yini sabab italyanlarning hujumlari besamar ketdi.
Shu tariqa Shveysariya chorak finalga yo‘l olgan dastlabki jamoaga aylandi.
Yevro—2024
Nimchorak final
29 iyun, shanba
Shveysariya – Italiya 2:0
Gollar: 1:0 — Froyler (37), 2:0 — Vargas (46).
Shveysariya: Zommer, Rodriges, Sher, Akanji, Ebisher (Shtefan, 90+2), Jaka, Froyler, Vargas (Suber, 71), Rider (Stergiu, 71), Ndoye (Siyerro, 77), Embolo (Dua, 77).
Italiya: Donnarumma, Di Lorenso, Manchini, Bastoni, Darmian (Kambiyazo, 75), Kristante (Pellegrini, 75), Barella (Retegi, 64), Fajioli (Frattezi, 86), El Shaaravi (Zakkani, 46), Keza, Skamakka.
Ogohlantirishlar: Barella (35), El Shaaravi (45), Manchini (57). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”