23:09 / 30.06.2024
109

Timur Kapadze: "Yigitlar vazifani yaxshi va to‘g‘ri bajarishdi"

Timur Kapadze: "Yigitlar vazifani yaxshi va to‘g‘ri bajarishdi"
Superliga 5-tur doirasidagi "Metallurg" – "Olimpik" (1:4) o‘yinidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Yigitlar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. O‘yinga tayyorgarlik ko‘rib, "Metallurg"ni o‘rganib chiqqandik. Yigitlar vazifani yaxshi va to‘g‘ri bajarishdi. "Metallurg"ga keyingi o‘yinlarda omad tilayman. Jamoa yomon emas. Turnir jadvalidagi hozirgi vaziyat "Metallurg" uchun mos emas.

- Saidazamat Mirsaidovda jarohat bormidi? U erta almashtirildi...
- Ha, unda ozgina jarohat bor edi. Ba’zi vaziyatlarda uning jarohati halal berib qoldi.

- OTJ futbolchilari uchun alohida ko‘rsatmalar beryapsizmi?
- Yo‘q, bu futbol. Kimnidir asrayman deb balki o‘yinga qo‘ymasman, lekin baribir mashg‘ulotlar ham bor. Barcha peshonasida borini ko‘radi. Futbolchilar o‘ziga yaxshi qaray olsa, jarohatlar bo‘lmaydi.

- Olimpiya terma jamoasiga nomzodlarning ko‘pi o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda. Masalan Abduvohid Ne’matov, Hamidillo Abdunabiyev, Ibrohim Ibragimov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev...
- Bu birinchi navbatda o‘zlari uchun yaxshi. Futbolchi sifatida obro‘si va narxi o‘sadi. Yaxshi o‘ynaydigan futbolchilar ko‘p bulsa yaxshi. Bu o‘z navbatida menga ham tarkib masalasida qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu borada biz murabbiylar shtabi bilan birga xulosa chiqaramiz. Ularning o‘yini o‘zlari va jamoa uchun yaxshi. OTJ uchun qay darajada yaxshi tayyorgarlik ko‘rishsa, o‘yinimiz ham yaxshiroq bo‘ladi. Bu men uchun yoqimli boshog‘riq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "Yigitlar vazifani yaxshi va to‘g‘ri bajarishdi"