14:27 / 01.07.2024
129

Shaxmat bo‘yicha 4 million dollarlik musobaqa nega o‘tkazilmaydigan bo‘ldi?

Shaxmat bo‘yicha 4 million dollarlik musobaqa nega o‘tkazilmaydigan bo‘ldi?
Foto: “Chess.com”
Germaniyalik tadbirkor Vadim Rozenshteyn tomonidan tashkillashtirilayotgan, mukofot jamg‘armasi 4 millionni tashkil etgan WR Chess Masters High Roller musobaqasi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, ushbu turnirda Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etish niyatini bildirgan.

Afsuski, kutilgan WR Chess Masters High Roller tadbiri o‘tkazilmaydi. To‘rtta shaxmatchi bilan shartnomalar tuzilgan edi, lekin bu safar amalga oshmadi. Shaxmat ishqibozi sifatida bu tadbirni intiqlik bilan kutgan edim.

Biz bu tadbirni haqiqatan ham o‘ziga xos va ajoyib tashkil qilish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik.

Tashkilotchilikdagi ajoyib mehnati uchun jamoamga, bizni qo‘llab-quvvatlagan sheriklarimiz va homiylarimizga, jonli translyatsiya qilishga tayyor bo‘lgan Sagarga va Hyatt mehmonxonasiga chin dildan minnatdorchilik bildiraman
”, — deydi Vadim Rozenshteyn.

Tadbirkor turnirda qatnashishga rozi bo‘lgan barcha shaxmatchilarga minnatdorchilik bildirgan.

Umid qilamizki, bizning g‘oyamiz kelajakda boshqa tashkilotchilarga shunday turnirlarni o‘tkazishda yordam beradi”, — deydi Rozenshteyn.

Musobaqada qatnashish badali 1 million dollarni tashkil etgan edi. Ya’ni har 4 ishtirokchi musobaqada qatnashish uchun tashkilotga shuncha summani o‘tkazib beradi.

Turnirda birinchi o‘rinni olgan shaxmatchi 2 million dollarga ega chiqishi belgilangan edi. Ikkinchi o‘rin sohibi 1,5 million dollarni, uchinchi o‘rinni egallagan shaxmatchi esa 400 ming AQSH dollariga ega chiqadi.

Turnirda qatnashishga Nodirbek Abdusattorovdan tashqari Yan Nepomnyashi, Fabiano Karauna hamda amerikalik shaxmatchi Hans Niman rozilik bildirgan edi.

27 iyun kuni Hans Niman turnirda ishtirok etmasligini bildirgan.

Shartnoma bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli 4 million dollarlik turnirda qatnashishdan bosh tortdim va tadbir bekor qilinsa kerak deb o‘ylayman. Kerakli mablag‘ni hozirlab qo‘yib, tayyorgarlikni boshlab yuborganimni hisobga olsak, bu juda achinarli. Ba’zida ishlar siz xohlagandek bo‘lmaydi. Shunga qaramay, yil davomida bir qator noyob o‘yinlarda ishtirok etish imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman”, — deb yozdi Niemann ijtimoiy tarmoqlarda.

Ma’lumot uchun, musobaqa 21 noyabr kuni Dyusseldorfdagi (Germaniya) Hyatt mehmonxonasida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shaxmat bo‘yicha 4 million dollarlik musobaqa nega o‘tkazilmaydigan bo‘ldi?