«Bolonya» sobiq futbolchisi Igor Kolivanov O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi.
«Shomurodov «Roma»ning yangi ustozi De Rossi qo‘l ostida o‘ynab ketishi mumkin. Yangi murabbiy uning imkoniyatlarini hali to‘liq bilmaydi. Rimliklar hujumida raqobat kuchli, biroq murabbiylarning qarashlari boshqacha bo‘ladi. De Rossi Eldorga imkon beradi deb o‘ylayman.
Oldinda yig‘inlar bor. Futbolchining o‘zi ham murabbiyga nimalarga qodir ekanligini isbotlashi lozim. Mabodo rimliklar ustozi Eldorni tarkibga kiritishni istamasa, boshqa jamoaga o‘tish lozim. Chunki Shomurodov zahirada o‘tiradigan futbolchilardan emas.
Eldor A seriyaning o‘rtada yuradigan jamoalarida bemalol o‘ynab keta oladi. Biroq barchasi uning qo‘lida emas, sababi «Roma» hujumchisining transferidan yaxshigina pul ishlab olmoqchi. Hozirda Eldorning vaziyati qiyin», — dedi Kolivanov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi