O‘zbekiston kubogining nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Leachenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz unchalik qovushmadi. Biroq ikkinchi bo‘limda vaziyailar yarata oldik, hujumlar tashkil etdik. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham imkoniyatlarimiz bo‘ldi, biroq foydalana olmadik. Futbolda shunaqa naql bor, sen urmasang senga urishadi. Yomon o‘ynamadik, biroq yakunda g‘alabani qo‘lga kirita olmadik. Yigitlar oxirigacha harakat qilishdi.
- "Neftchi" O‘zbekiston kubogi bahslaridan chiqib ketdi. Superligada ham natijalar ko‘ngildagidek deb bo‘lmaydi, jamoa chempionlik poygasidan chiqib qolgandek. Nima deb o‘ylaysiz, jamoa rahbariyati sizga ishonch bildirishda davom etadimi?
- Hozirda "Neftchi" bilan amaldagi shartnomam bor. Ketish ketmaslikni rahbariyat hal qiladi. Futbol hayoti shunaqa, hech kim uchun doimiy joy kafolatlanmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi