Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) dunyoning eng kuchli klublari yangi reytingini e’lon qildi.
Ro‘yxatni tuzishda jamoalarning 2023 yil 1 iyuldan 2024 yil 30 iyungacha bo‘lgan davrda qayd etgan natijalari asos qilib olingan.
Dunyoning eng zo‘r jamoalari reytingini Yevropaning grand klublari boshqarib turibdi. Birinchi pog‘onada UYEFA Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Real” bormoqda. Ispan grandining bir yil davomida 371 ball to‘plagani qayd etilgan.
Yangi reytingning dastlabki o‘n bir pog‘onasini faqat Yevropa jamoalari – “Real”dan keyin “Manchester Siti”, “Bayer”, “Atalanta”, “Borussiya Dortmund”, “Atletiko Madrid”, “Bavariya”, “Barselona”, “Arsenal”, “Inter” hamda PSJ egalladi.
Boshqa qit’a vakillaridan eng yuqori pog‘onada Braziliyaning “Palmeyras” jamoasini ko‘rsatish mumkin. Bu klub umumiy reytingda parijliklardan keyin 12-qatorda joylashgan.
Osiyo klublari orasida eng yuqori mavqega Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi loyiq topilib, 40-qatorga o‘rnashdi. Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan “An-Nasr” jamoasi qit’ada ikkinchi, dunyo reytingida 71-o‘rindan joy oldi.
“Top-500” reytingida O‘zbekistonning uchta jamoasi nomi qayd etilgan. Qarshi shahrining “Nasaf” jamoasi umumiy ro‘yxatning 201-qatorida qayd etilgan. Yurtimizning eng kuchli jamoasi bo‘lib turgan qashqadaryoliklar 88,25 ball jamg‘argan.
Keyingi vakilimiz – Namanganning “Navbahor” jamoasi 83,75 ball bilan jahon reytingida 221-qatordan o‘rin egalladi.
O‘zbekistonning amaldagi chempioni – “Paxtakor” umumiy reytingdagi so‘nggi vakilimiz hisoblanadi. Toshkent “sherlari” umumiy reytingning 496-qatoriga joylashtirildi. “Paxtakor” hisobida 51 ball bor.
Endi legionerlarimiz o‘ynagan jamoalar ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot beramiz.
Eldor Shomurodov bir mavsum to‘p tepgan Italiyaning “Kalyari” jamoasi umumiy reytingda 291-pog‘onani egallab turibdi. 29 yoshli hujumchimiz bu klub uchun A Seriyada 22 ta uchrashuvda uchtadan gol va assist qayd etdi.
Kuchli beshlik ligalaridagi ikkinchi vakilimiz Abduqodir Husanov o‘ynayotgan “Lans” xalqaro tashkilot ro‘yxatining 109-pog‘onasida turibdi.
Yevropa ligalaridagi legionerlarimizdan Azizbek Turg‘unboyevning “Sivasspor” jamoasi 294, Otabek Shukurov mavsumning birinchi yarmida o‘ynagan “Fotih Karagyumryuk” 341, Husniddin Aliqulovni o‘z safiga qo‘shib olgan “Rizespor” 359-o‘rinda ko‘rsatilgan.
Oston O‘runov yordamida Eron chempionligini qo‘lga kiritgan “Persepolis”ni dunyoning eng zo‘r klublari reytingida 313-jamoa hisoblanadi.
Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisiga aylangan Abbosbek Fayzullayev o‘ynayotgan SSKA reytingga kiritlgani yo‘q. Rossiya klublaridan faqatgina chempion jamoa – “Zenit” 409-qatordan o‘rin egallagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi