
Evropa Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 1-tur uchrashuvlari bugun ham davom ettiriladi. Qolgan guruhlarda jamoalar dastlabki uchrashuvlarni o‘tkazishadi.
Jumladan, Moskvaning SSKA jamoasi Germaniyada "Bayer" mehmoni bo‘ladi. "Tottenxem" esa o‘zida "Monako"ni qabul qiladi. Mana shu o‘yin ko‘pchilikning diqqat markazida bulishi turgan gap.
Bundan tashqari, "Bryugge" - "Lester" o‘yini ham o‘ziga xos tarzda o‘tishi kutilmoqda.
Madridning "Real" jamoasi muxlislari ko‘z o‘ngida Lissabonning "Sporting" klubini qabul qiladi. Krishtianu Ronalduning sobiq jamoasiga qarshi o‘yinini ko‘rish hammaga ham qiziq bo‘lsa kerak. Natijani o‘yindan keyin bilib olamiz.
Darvoqe, kecha o‘tishi kerak bo‘lgan va kuchli yomg‘ir tufayli qoldirilgan "Manchester Siti" - "Borussiya" M uchrashuvi ham bugun o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, barcha o‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 23.45da boshlanadi.
Bugungi o‘yinlar anonsi bilan tanishing:

Manba: www.fut.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing