date
views 116

Yevro—2024. Angliya Niderlandiyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda gol urib, g‘alabani ilib ketdi

Yevro—2024. Angliya Niderlandiyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda gol urib, g‘alabani ilib ketdi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining yarim finalida Angliya va Niderlandiya terma jamoalari 10 iyul, chorshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida Xavi Simons ajoyib zarba bilan hisobni ochdi. 18-daqiqada esa inglizlar penalti ishlab olib, Harri Keyn undan unumli foydalandi. Birinchi bo‘lim 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham tomoshabinlar bir qancha xavfli hujumlarni guvohi bo‘ldi. 79-daqiqada Saka gol urdi, biroq hakam o‘yindan tashqari holat tufayli golni bekor qildi. 90+1-daqiqada Uotkins inglizlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuv 2:1 hisobida Angliyaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa Sautgeyt shogirdlari finalda Ispaniyaga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi. Yevro—2024 ning hal qiluvchi o‘yini 15 iyul sanasida bo‘lib o‘tadi.

Yevro—2024
Yarim final

10 iyul, chorshanba

Niderlandiya – Angliya 1:2
Gollar
: 1:0 – 7 Simons, 1:1 – 18 Keyn (penalti), 1:2 — 90+1 Uotkins.
Niderlandiya: Verbryuggen, Dumfris, de Vrey, van Deyk, Ake, Sxauten, Reynders, Simons, Malen (Vegorst, 46), Gakpo, Depay (Verman, 35).
Angliya: Pikford, Uoker, Stounz, Gehi, Konsa, Tripper (Shou, 46), Rays, Foden (Palmer, 80), Bellingem, Maynu, Saka, Keyn (Uotkins, 81).
Ogohlantirishlar: Dumfris (17), Bellingem (72), Saka (86), van Deyk (87), Simons (90+1).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro—2024. Angliya Niderlandiyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda gol urib, g‘alabani ilib ketdi