
Kilian Mbappe “Real” safiga ko‘chib o‘tganidan keyin o‘ziga futbol klubi sotib olmoqchi. Jurnalist Daniel Rioloning ta’kidlashicha, fransiyalik to‘purar mamlakatning mashhur klublaridan hisoblangan “Kan” jamoasini tanlagan.
"Mbappelar oilasi klub sotib olish jarayonida qatnashmoqda. Ular o‘z kapitalini ko‘paytirishga harakat qilyapti", - dedi Daniel Riolo.
Kilian “Kan”ni tanlagani bejiz emas, albatta. U bolaligida aynan mana shu klubda shug‘ullangan.
“Kan” klubi 1913 yilning 17 noyabr kuni tuzilgan. Ushbu jamoa olti mavsumdan beri Liga 2 musobaqasida ishtirok etib kelmoqda.
Kilian Mbappe Madrid superklubiga ko‘chib o‘tganidan keyin yillik maoshi 30 million yevroni tashkil qiladi. Qo‘shimchasiga har bir urgan goli uchun alohida bonus to‘lanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar