21:40 / 12.07.2024
202

“Yevro-2024”: Eng katta maoshni qaysi murabbiy olyapti?

“Yevro-2024”: Eng katta maoshni qaysi murabbiy olyapti?
Finance Football nashri Yevropa chempionatida ishtirok etayotgan bosh murabbiylar orasida eng katta maosh olayotganlar ro‘yxatini shakllantirdi.

Unga ko‘ra, mehnati eng ko‘p qadrlanayotgan bosh murabbiy Garet Sautgeyt bo‘lib chiqdi. Angliya terma jamoasining ustozi keyingi paytda juda ko‘p tanqid ostiga olinmoqda. Biroq bu uning katta maoshiga to‘sqinlik qilayotgani yo‘q. Angliya futbol uyushmasi tajribali mutaxassisga har mavsum uchun 5,8 million yevro to‘layapti.

Finance Football nashriga ko‘ra, eng ko‘p maosh olayotgan murabbiylar o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi.

Garet Sautgeyt (Angliya) — € 5,8 mln.

Yulian Nagelsman (Germaniya) — € 4,8 mln.

Roberto Martines (Portugaliya) — € 4 mln.

Dide Desham (Fransiya) — € 3,8 mln.

Ronald Kuman (Niderlandiya) — € 3 mln.

Luchano Spalletti (Italiya) — € 3 mln.

Vinchenso Montella (Turkiya) — € 1,5 mln.

Murat Yakin (Shveysariya) — € 1,4 mln.

Ralf Rangnik (Avstriya) — € 1,3 mln.

Domeniko Tedesko (Belgiya) — € 1,3 mln.

Qizig‘i shundaki, Yevropa chempionatida juda ishonchli va chiroyli o‘yin ko‘rsatib, finalga chiqqan Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis De la Fuente eng katta maosh oladiganlar o‘nligiga kirmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Yevro-2024”: Eng katta maoshni qaysi murabbiy olyapti?