“Navbahor” a’zolari “Buxoro”ga qarshi o‘tkazilgan o‘yindan so‘ng (5 iyul), ta’tilga chiqishgandi. “Lochinlar” kechadan ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.
“Markaziy” stadioni maydonida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotni murabbiylar – Dmitriy An va Sherzod Jo‘rayevlar olib borishdi.
Ularga mashg‘ulotlar jarayonida klubning texnik direktori Mustafo Bayramov hamda darvozabonlar murabbiyi Shavkat Abduxo‘jayevlar yordamlashishdi.
Mashg‘ulotda asosan mahalliy va yosh futbolchilar ishtirok etishdi. Shuningdek, “Olimpik”ka ijaraga berilgan Asadbek Jo‘raboyev hamda Davronbek Olimjonovlarning ham jamoa tarkibiga qaytib, mashg‘ulotda qatnashishganini ta’kidlash joiz.
Aytish lozimki, “Navbahor”ni hech qaysi futbolchi tark etmadi va qolgan o‘yinchilarning “lochinlar” ixtiyoriga bugun hamda yakshanba kuni yetib kelishlari kutilmoqda.
Ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlik 14 iyuldan boshlab, to‘liq tarkibda olib boriladi, - deb xabar bermoqda “Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Babayandan keyin “Navbahor”ni vaqtincha boshqargan Grigoriy Kolosovskiy kecha “Metallurg” bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtirildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”