Krishtianu Ronaldu Germaniya mezbonlik qilgan Yevropa chempionatida Portugaliya terma jamoasi safida barcha – beshta uchrashuvda maydonga tushgan uchta o‘yinchidan biri bo‘ldi.
Yevropa matbuoti 39 yoshli futbolchida Yevropaga qaytish imkoniyati tug‘ilgani haqida yoza boshladi. Avvalroq, Germaniya chempioni “Bayer” unga xaridor bo‘layotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi. Endi unga PSJ varianti qo‘shildi.
Manbalar Krishtianuga transfer oynasi yopilgunga qadar yana kuchli ligalardan chorlov bo‘lishi ehtimoli katta ekanini ma’lum qildi.
“An-Nasr” jamoaga katta foyda keltirayotgan portugaliyalik yulduzni ushlab qolmoqchi. Saudiyaliklar Ronaldu bilan hamkorlikni 2026 yilgacha, ya’ni jahon chempionatigacha uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Shu bois, “An-Nasr” rahbariyati Ronaldudan kelajagi borasida tezroq bir qarorga kelishni so‘rayapti. Manbaga ko‘ra, hamkorlik bo‘yicha muzokaralar yangi mavsum boshlangunicha davom ettiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi