
Foto: Getty Images
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor 2024 yilda oktagonga qaytishini ma’lum qildi.
“Bugun men yangi sana bo‘yicha Dana Uayt bilan gaplashdim. Barchasi yaxshi. Men aniq 2024 yilda oktagonga qaytaman”, deb yozadi irlandiyalik jangchi o‘z ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.
Ma’lumot uchun, Makgregor va Chendler o‘rtasidagi jang 29 iyun kuni Las-Vegasda UFC-303 turniri doirasida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq Konorning jarohati sababli bu jang boshqa muddatga qoldirildi.
Makgregor so‘nggi jangini 2021 yil iyul oyi Dastin Porega qarshi o‘tkazib, oyog‘ini sindirib olgandi.
Pore texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar