Angliya futbolining ayni paytdagi eng zo‘r hujumchisi Harri Keyn faoliyatidagi oltinchi finalni boy berdi. 30 yoshli to‘purar hisobida birorta sovrin yo‘q. Ispaniyaga boy berilgan finaldan keyin Harri Keyn quyidagi fikrlarni bildirdi.
- Qalbimiz og‘ridi, chunki juda qattiq harakat qilgan maqsadimizga erisha olmadik. Bu juda uzoq yo‘l va juda qiyin turnir bo‘ldi.
Men jamoadoshlarim va barcha xodimlar bilan faxrlanaman, ular tufayli biz qit’a chempionatining finalida o‘ynadik.
Biz maqsadimizga yeta olmadik va bunga ko‘nikishimiz kerak. Lekin har doimgidek yana ko‘tarilamiz, Angliya terma jamoasi libosida yana kurashlarga tayyor bo‘lamiz.
Barcha muxlislardan minnatdormiz, ular bizga oxirgacha ishonishdi va qo‘llab-quvvatlab turishdi, - dedi Harri Keyn.
Harri Keyn Yevropa chempionatidan yettita uchrashuvida maydonga tushib, raqiblar darvozasiga ikkita to‘p kiritdi. Uning Angliya terma jamoasidagi umumiy o‘yinlari soni 98 taga yetdi va gollari 66 tani tashkil qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi