“Real” klubi o‘yinchilari va xodimlari yangi a’zo Kilian Mbappening o‘zini tutishidan yaxshi ma’noda hayratga tushgani aytilmoqda.
Manbalarning ta’kidlashicha, 25 yoshli fransiyalik hujumchi yangi jamoadoshlari va klub xodimlari bilan tanishishda ular bilan juda yaqindan va samimiy muloqot qilgan. Ko‘pchilikka mashhur yulduzning oddiyligi, e’tiborliligi, bor diqqatini ishga qaratgani ma’qul kelgan.
Bundan tashqari, ko‘pchilik fransiyalik futbolchini ispan va ingliz tillarida ravon so‘zlasha olishini alohida e’tirof etmoqda.
Kilian Mbappe avval o‘z yurtida “Monako” va PSJ klublari sharafini himoya qilgan. Ilk marotaba legionerga aylangan mohir to‘purar “Real”da 9-raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi.
Shartnomaga ko‘ra, Mbappe har mavsum uchun 30 million yevro maosh oladi va samaradorligi bo‘yicha bonusga ham ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi