10:01 / 25.07.2024
77

Dilshod Rahmatov: "Gvatemala bizga so‘nggi soniyagacha kurashish kerakligini o‘rgatdi"

Dilshod Rahmatov: "Gvatemala bizga so‘nggi soniyagacha kurashish kerakligini o‘rgatdi"
O‘zbekiston futzal terma jamoasi sardori Dilshod Rahmatov Gvatemalaga qarshi kechgan (7:4) bahsdan so‘ng o‘yin haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

- O‘yin haqida
- Bugungi uchrashuv qiziqarli bo‘ldi. Himoyada ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydik va shu sababli 4ta gol o‘tkazib yubordik. Jahon chempionatida esa bunday xatolar kechirilmaydi. Bugun yosh futbolchilarimiz ham juda yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Muxlislarimiz ko‘z o‘ngida g‘alaba qozonganimizdan xursandman. Mehnat qilishda davom etamiz. Murabbiylar shtabi jamoada katta o‘zgarishlar qildi, yosh futbolchilar jalb etildi. Murabbiylar shtabimiz juda qattiqqo‘l(kuladi). Tezroq optimal holatimizga qaytib olishimiz kerak. Bugun Olimpiya terma jamoamiz ham o‘yin o‘tkazdi. Keyingi bahslarda ularga omad tilayman. Olimpiadadagi sportchilarimizga futzalchilar nomidan omad tilayman.

- Gvatemala terma jamoasiga qarshi har doim prinsipial o‘yinlar bo‘ladi. Ushbu mamlakat vakillariga qarshi juda emotsional va kurashlarga boy o‘yinlar o‘tkazamiz. Bugun ham parketda ko‘p gollar, emotsiyalar, keskin kurash guvohi bo‘ldik. Gvatemalaga qarshi boshqacha yondashuvning sababi nimada?

- Yaxshi savol bo‘ldi. Gvatemala terma jamoasi tabiatan juda kurashuvchan va jangchi jamoa. Ular oxirigacha kurash olib borishadi. So‘nggi o‘yinimizda ham 5:4 hisobi qayd etildi. Gvatemalada xarakter bor. Bunday jamoalarga qarshi so‘nggi soniyagacha o‘ynash kerak. Ular bizga o‘yinning so‘nggi soniyasiga qadar kurashish kerakligini o‘rgatgan. Gvatemalaga qarshi birinchi marotaba Litvadagi Jahon chempionatida o‘ynagan edik. So‘nggi daqiqadagi gol sababli alamli mag‘lubiyatga uchragandik. Shunday o‘yinlar bizga ko‘p narsani o‘rgatdi. Endi esa, ularni bir necha marotaba mag‘lub etdik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dilshod Rahmatov: "Gvatemala bizga so‘nggi soniyagacha kurashish kerakligini o‘rgatdi"