13:54 / 30.07.2024
271

Ibai Gomes: “O‘zbekistonni yengishimizga ishonaman”

Ibai Gomes: “O‘zbekistonni yengishimizga ishonaman”
Dominikan Respublikasi Olimpiya jamoasi bosh murabbiyi Ibai Gomes O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan mamlakat futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan videokonferensiyada ishtirok etdi.

Murabbiy o‘z jamoasining Olimpiada turnirining chorak finaliga yo‘l olishiga ishonishini aytdi.

Jamoa bundan 15 kun avval Fransiyaga qarshi o‘yinga qaraganda o‘z dinamikasi va mentalitetini o‘zgartirdi. Bizda imkoniyat bor va bundan foydalanishimiz kerak.

Ispaniyaga qarshi puxta tayyorgarlik ko‘rgandik, ammo qizil kartochka o‘yinni o‘zgartirdi. Raqibga golli vaziyatlar yaratishga deyarli imkon bermadik. Shogirdlarim aytilgan vazifalarni bajardi. O‘sha o‘yinda ko‘p kuch sarfladik, yigitlarda bir oz charchoq bo‘lishiga qaramay, ular bo‘lajak to‘qnashuvga tayyor. Afsuski, Bordo shahridan Parijga yo‘l olishimiz yakshanba kuni mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyatidan mahrum qildi
”.

Bosh murabbiy O‘zbekiston bilan o‘yinda tavakkalga qo‘l urib bo‘lsa-da, g‘olib bo‘lishni xohlayotganini aytdi.

Bizda tarix yaratish imkoniyati mavjud. Ruhan va jismonan tiklanishga harakat qilamiz. Biz faqat va faqat g‘alaba qozonishimiz kerak, shu bois himoyada ham, hujumda ham tavakkalga qo‘l uramiz. Maydonda aniqlikka urg‘u berib, faol pressingga o‘tamiz.

Ispaniya Misrni mag‘lub eta oladi deb o‘ylayman, biroq, avvalo, biz o‘z vazifamizni bajarishimiz kerak. Bor e’tiborimizni O‘zbekistonga qarshi o‘yinga qaratamiz.

Biz bo‘lajak o‘yin uchun o‘zgarishlar qildik, bunga ertaga guvohi bo‘lasiz. O‘ylaymanki, futbolchilar nimaga qodirligini maydonda ko‘rsatadi. G‘alaba qozonib keyingi bosqichga yo‘l olishimizga ishonaman
”, dedi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston — Dominikan Respublikasi uchrashuvi bugun, 30 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ibai Gomes: “O‘zbekistonni yengishimizga ishonaman”