
Qarshining "Nasaf" klubi davralar oralig‘ida bir qator transferlarni amalga oshirdi.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi xabariga ko‘ra, qarshiliklar serbiyalik yarim himoyachi Stefan Kolovichni o‘z safiga qo‘shib olgan.
30 yoshli yarim himoyachi o‘smirlik yillari "Atletiko Madrid" yoshlar jamoasida bir muddat harakat qilgan. Professional futbolchilik faoliyatini esa, asosan, mahalliy klublarda o‘tkazgan.
Shuningdek, "ajdarlar" Valentino Yuel, Dilshod Komilov va Shohjahon Sultonmurodov bilan shartnoma imzoladi. Zafar Safoyev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi esa bekor qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar