
"Parij-2024" futbol musobaqasida o‘z ishtirokini o‘tkazgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi guruh bosqichining o‘zidayoq ishtirokini yakunladi. Mazkur turnirdan so‘ng termamiz yetakchisi Eldor Shomurodov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
- Taklif uchun murabbiyga rahmat. Kirishib ketishda muammo bo‘lgani yo‘q. Sababi, bu yigitlarni hammamiz anchadan beri taniymiz.
- Musobaqadan avval Oston va Husniddin bilan gaplashib olgandik. Xudo ko‘rsatmasin, biror salbiy natija bo‘lsa, tanqid va gap-so‘zlar birinchi bo‘lib bizga kelib tegardi. Uchalamiz ham shuni his qilgan holda o‘ynadik.
- Barcha o‘yinlarda jamoaviy tarzda ajoyib o‘yinlar o‘tkazdik. Biroq yana o‘sha natija borasida oqsadik.
- Katta musobaqalarga kelayotganingizda albatta bosim bo‘ladi. Proffesional futbolchi doimo bunga tayyor bo‘lishi kerak.
- Ha, yana "Roma"ga qaytdim. Hozircha biror jamoadan aniq takliflar yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar