09:04 / 01.08.2024
252

A seriyaning nomdor klubi “Roma”dan Shomurodovni so‘radi

A seriyaning nomdor klubi “Roma”dan Shomurodovni so‘radi
O‘zbekiston terma jamoasi Parij Olimpiadasidagi ishtirokini erta yakunlab, futbolchilar o‘z klublariga qayta boshladi.

Tarixiy musobaqada terma jamoamizning birinchi golini urgan va dastlabki assistga muallif bo‘lgan Eldor Shomurodov ham “Roma” ixtiyoriga qaytib, yangi mavsum oldidan o‘ziga yangi ish joyi topishga harakat qiladi.

Italiya futbolini yoritayotgan ommaviy axborot vositalari 29 yoshli tajribali forvardga yangi variantlar chiqa boshlaganini yozmoqda.

Endi Mattioli, romapress.net sayti eksperti:

Eldor Shomurodov – yozgi transferlar vaqtida “Roma”ni tark etishi kutilayotgan o‘yinchilardan biri hisoblanadi.

O‘zbek hujumchisi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi va kelajagi qaysi tomonga o‘zgarishini kutishiga to‘g‘ri keladi.

“Spetsiya” va “Kalyari”dagi ijara muddatlaridan keyin “Roma” bu futbolchini o‘z safida olib qolmasligi haqiqatga yaqin. Ayni paytda “Jenoa”ning sobiq hujumchisiga “Verona” jiddiy qiziqish bildira boshladi va ular o‘yinchining agentlari bilan bog‘langan. “Verona” mutasaddilari agentlar orqali transfer kelishuviga erishish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plamoqda.

Paolo Lora Lamiya, tuttomercatoweb.com sayti eksperti:

“Verona” yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda. Jamoani hujumkor futbolchilar – “Latsio” va “Palermo”ga o‘tib ketgan niderlandiyalik legioner Tijjani Noslin va fransiyalik Toma Anri tark etib bo‘ldi.

Jamoa A Seriyada joyini saqlab qolish uchun kurashadi va ana shu maqsadda tajribali hujumchiga ehiyoji bor. Hujumchi pozitsiyasiga Eldor Shomurodov mo‘ljallanyapti.

Shomurodov o‘tgan mavsumda og‘ir jarohatidan qaytganidan keyin uchta muhim gol bilan “Kalyari”ni yuqori ligada qolishiga katta hissa qo‘shdi. Sardiniyaliklar bu futbolchini o‘z tarkibida saqlab qola olmadi.

Ayni paytda “Verona” klubi mutasaddilari futbolchini olish bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni to‘plab, transfer imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda. Shundan kelib chiqib, “Verona” Shomurodovning keyingi jamoasi bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Verona” Italiyaning eng qadimiy klublaridan biri hisoblanadi. Bu jamoa 121 yil muqaddam – 1903 yili tashkil qilingan.

“Verona” 1984-1985 yilgi mavsumda o‘z tarixidagi yagona chempionlikka erishgan. Bundan tashqari, veronaliklar uch bor Italiya kubogi finalida o‘ynagan bo‘lsa-da, biror marotaba bosh sovrinni qo‘lga kirita olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A seriyaning nomdor klubi “Roma”dan Shomurodovni so‘radi