Parij—2024. Lazizbek Mullajonov braziliyalik raqibini mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

Parij—2024. Lazizbek Mullajonov braziliyalik raqibini mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi
Foto: MOQ
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

-92 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullajonov chorak finalda braziliyalik Keno Machadoga qarshi bahs olib bordi.

Birinchi raundda Lazizbek 3:2 hisobida ustun keldi. Ikkinchi raundda esa o‘zbekistonlik bokschi to‘liq ustunlikni qo‘lga oldi.

Uchinchi raundda ham 5:0 hisobida zafar quchgan Mullajonov keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Lazizbek bundan oldingi bosqichda italiyalik Aziz Abbes Muhiddinga qarshi jang qilib, g‘alaba qozongan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar