14:43 / 02.08.2024
90

Parij—2024. Alisher Yusupov keyingi bosqichga yo‘l oldi

Parij—2024. Alisher Yusupov keyingi bosqichga yo‘l oldi
Foto: Judo
Parij Olimpiadasi o‘yinlarida dzyudo bahslari davom etmoqda.

+100 kg vaznda Alisher Yusupov 1/16 finalda slovakiyalik Marius Fizelni mag‘lub etdi. Slovakiyalik sportchi bahs boshidanoq ikki bor ogohlantirildi. Alisher 10 soniya qolganda ippon bilan g‘alaba qozondi.

Shu tariqa sportchi keyingi bosqichga yo‘l oldi. Alisher keyingi bosqichda tojikistonlik Temur Rahimov bilan to‘qnash keladi.

Yusupov Osaka—2019 dzyudo bo‘yicha Katta dubulg‘a turniri musobaqasining +100 kg toifasida bronza medali sovrindori bo‘lgan.

2023 yil BAA da bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatining yakkalik bahslarida Alisher Yusupov bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Sportchi 1998 yil 2 dekabrda O‘zbekistonda tug‘ilgan. U jahon reytingida 9-o‘rinda qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij—2024. Alisher Yusupov keyingi bosqichga yo‘l oldi