Parij—2024. Safina Sa’dullayeva final bosqichga yo‘l oldi

Foto: Olympic
Parij Olimpiadasida yengil atletika bo‘yicha bahslar davom etmoqda.
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Safina Sadullayeva bugungi ishtirokini boshlab berdi. Balandlikka sakrash dasturining saralash bosqichida ishtirok etayotgan sportchi dastlabki ikki urinishni muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Sadullayeva 1.83 va 1.88 metr balandliklarni birinchi harakatning o‘zida zabt eta oldi.
Sportchi keyingi urinishlariga 1.92, 1.95, 1.97 metr balandlikni tanladi. Yakunda balandlikka sakrash dasturining saralash bosqichida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi V guruhida 1.95 metr natija qayd etdi.
Mavsumdagi eng yaxshi natijasini ko‘rsatgan Sadullayeva shu tariqa 4 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan final dasturiga yo‘llanma oldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Parij Olimpiadasida yengil atletika bo‘yicha bahslar davom etmoqda.
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Safina Sadullayeva bugungi ishtirokini boshlab berdi. Balandlikka sakrash dasturining saralash bosqichida ishtirok etayotgan sportchi dastlabki ikki urinishni muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Sadullayeva 1.83 va 1.88 metr balandliklarni birinchi harakatning o‘zida zabt eta oldi.
Sportchi keyingi urinishlariga 1.92, 1.95, 1.97 metr balandlikni tanladi. Yakunda balandlikka sakrash dasturining saralash bosqichida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi V guruhida 1.95 metr natija qayd etdi.
Mavsumdagi eng yaxshi natijasini ko‘rsatgan Sadullayeva shu tariqa 4 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan final dasturiga yo‘llanma oldi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…