18:34 / 02.08.2024
383

Qozog‘iston boks bo‘yicha Olimpiada bahslari natijasi ustidan apellyatsiya berdi

Qozog‘iston boks bo‘yicha Olimpiada bahslari natijasi ustidan apellyatsiya berdi
2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida 63,5 kg vazn toifasida jang qiluvchi qozog‘istonlik sportchi Muhammedsabir Bazarbayuli gruziyalik bokschi Lashi Guruli bilan jangda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) Parij boks bo‘limiga (PBU) apellyatsiya berdi. Ular bahs natijasiga oydinlik kiritishni talab qildi.

Foto: Championat
“Qozog‘iston MOQ Muhammedsabir Bazarbayulining jangi natijasi bo‘yicha apellyatsiya berdi. Biz natijadan rozi emasmiz va XOQni xabardor qilib, PBU'dan tushuntirishni talab qildik. Fikrimizcha, qozog‘istonlik bokschi 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarining yarim finaliga chiqish uchun muhim jangda g‘alaba qozondi.

O‘tgan jang natijasini ko‘rib chiqishning iloji yo‘qligini tushunamiz. Ammo biz eng muhim xalqaro musobaqada qolgan sportchilar uchun hakamlik adolatli va xolis bo‘lishini talab qilamiz”, dedi Qozog‘iston MOQ matbuot kotibi Janar Uteshev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qozog‘iston boks bo‘yicha Olimpiada bahslari natijasi ustidan apellyatsiya berdi