Parij—2024. Hasanboy Do‘stmatov qozog‘istonlik bokschidan ustun keldi

Parij—2024. Hasanboy Do‘stmatov qozog‘istonlik bokschidan ustun keldi
Foto: MOQ
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

-51 kg vazn toifasida harakat qiladigan Hasanboy Do‘stmatov turnirdagi ikkinchi jangini qozog‘istonlik Saken Bibossinovga qarshi o‘tkazdi.

Birinchi raundda qozog‘istonlik boskchi foydasiga 3:2 hisobi qayd etildi. Ikkinchi raundda esa 3:2 hisobida Hasanboy ustun keldi.

Hal qiluvchi bahsda Do‘stmatov ancha faol harakat qildi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

“Professor” nomi bilan mashhur bokschi Do‘stmatov birinchi jangini Puerto-Riko vakili Xuan Manuel Lopesga qarshi o‘tkazib, 5:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar