16:49 / 18.09.2016
5 648

Stadionlarda muxlislarning kamayib ketishiga nima sabab bo‘lmoqda?

Stadionlarda muxlislarning kamayib ketishiga nima sabab bo‘lmoqda?

O‘zbek futbolida, ayniqsa, oliy ligada echilmay yotgan bir muammo bor - stadionlarga muxlislar tashrifi. Tushunarli qilib aytganda, tashrif buyurmasligi. Xo‘sh, stadionlarga muxlislarning kelmayotganiga nimalar sabab bo‘lmoqda?

Bilasizmi, Toshkent jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarga qiziqish shu darajada past shekilli, stadionda 1000 nafar muxlisni ham ko‘rish qiyin. Chunonchi, O‘zbekiston Oliy Ligasining 22-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Bunyodkor" o‘rtasidagi uchrashuv ham kattakon o‘yingohni bo‘sh holatda turganligini ko‘rish mumkin. Zero, uchrashuvning ahamiyati, uning qiymati yuqori bo‘lishiga qaramay, muxlislarni qiziqtirmaganligi tushunarsiz bo‘ldi. Avvalgi yillarda "Paxtakor" stadionida bu ikki jamoa uchrashuviga 3000dan ortiq ishqibozlarning tashrifini kuzatish mumkin bo‘lardi. Bu ko‘rsatkich oliy liga uchun ko‘ngildagidek bo‘lmasada, yo‘qdan ko‘ra, bor deb qo‘yilardi. Kechagi o‘yin esa hammasidan oshib tushdi. Bevosita o‘yinni kuzatar ekanmiz, stadionda 1000dan biroz oshiroq muxlislarning borligini kuzatdik. Bir tomonda 100ga yaqin "Paxtakor" fan-klubi, yana bir boshqa sektorda 100dan kamroq bo‘lgan "Bunyodkor" fan-klubi joy oldi. O‘rta sektorda esa asosan kamchilik bo‘lgan axl ishqibozlar. Lekin, uchrashuv suxandoni bahsni 2000dan ortiq ishqiboz kuzatayotganligini barrala aytib o‘tdi. Har tugul, u milisiya xodimlarini ham hisobga olgan bo‘lsa ajabmas. Vaholanki, tartib-intizomga ma’sul bo‘lgan xodimlar anchani tashkil qilardi. Xo‘sh, turning markaziy o‘yini, Toshkent derbisi bahsini nega kamchilik muxlis kuzatmoqda? Bunga etarlicha sabablar keltirish mumkin.

Birinchidan, so‘nggi yillarda oliy liga o‘yinlari nufuzini ancha yo‘qotib qo‘ydi. Bu hech kimga sir emas. Kelishilgan o‘yinlar bilan bog‘liq gap-so‘zlar ortishi ham muxlislarning ko‘ngliga g‘ulg‘ula solgandir. Yoki bo‘lmasam, oliy liga o‘yinlarining etarlicha targ‘ibot qilinmasligi ham sabab bo‘lishi mumkin. Uchrashuvlar reklama deyarli yo‘q. Bu esa oliy ligani bezab turmayotganligi rost. "Paxtakor", "Bunyodkor", qo‘yingki "Lokomotiv"ning asli ishqibozlari bo‘lgan muxlislar jamoasini qachon va qaysi stadionda to‘p surishini oldindan biladi. Shundan kelib chiqib, stadionga kelishdi.

Lekin oddiy futbol muxlisi markaziy o‘yinning reklamasi, targ‘iboti bo‘lmaganidan keyin, uni qachon va qaysi stadionda bo‘lishini bilmasligi tabiiy. Qolaversa, "Bunyodkor"ning TTYMI stadionida o‘yin o‘tkazganligi hattoki biz jurnalistlar ham bahsga bir necha kun qolganidan xabar topib turibmiz. Axir, oliy liga havaskorlar ligasi emasku. Bilasiz, ikkinchi liga o‘yinlarida shunday holat kuzatiladi. Mezbon jamoa stadioni o‘yinga tayyor bo‘lmasa, raqibnikiga yo‘l olishadi. Yoki stadionda qandaydir muammo yuzaga kelgan bo‘lsa, o‘yin boshqa o‘yingohga ko‘chiriladi. Lekin, Oliy Ligada bunday holat bo‘lmasligi kerak. Axir, bejizga Professional liga emasku? Xullas, shunday jihatlar ham muxlislarning muhim o‘yinlardan xabarsiz qolib ketayotganiga sabab bo‘lmoqda.

Naqadar achchiq bo‘lmasin, oliy liga o‘yinlari futbolchilarning ham jon kuydirib o‘ynamasligi muxlislarning tashrifiga sabab bo‘lyapti. Toshkentda bo‘ladigan o‘yinlarga kam muxlis kelishi odatiy xolga aylangan. Viloyatlardagi ahvol ham ko‘ngildagidek emas. Navoiy, Buxoro, vodiy jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarga ko‘p muxlislar tashrif buyurishini barchamiz yaxshi bilamiz. Lekin oxirgi paytlarda ularda ham holat ancha pastlagan. Stadionga tushgan har qanday muxlis bilan muloqat qilib ko‘ring, ular maydonda to‘p surayotgan futbolchilarning harakatlaridan qoniqish hosil qilmaganligini aytishadi. Sust futboldan ko‘ra, uyda dam olgan yaxshi qabilidagi ish tutish shart bo‘lib qolmoqda.

Yana bir jihat bu - taqvim bilan bog‘liqdir. Yozning qoq markazida bo‘lgan vaqtda oliy liga o‘yinlari davom etdi. Bu vaqtda Evropa va Janubiy Amerikada ham yirik sport turnirlari start oldi. Evropa chempionati va Amerika Kubogi bilan bir vaqtda oliy liga o‘yinlari ham o‘tkazildi. Do‘ppini boshdan olib obdon o‘ylab ko‘ring: kim oliy liga o‘yinlarini stadiondan kuzatib turib, keyin uyga borib Germaniya - Fransiya o‘rtasidagi uchrashuvni televizor orqali kuzatishni istaydi? Albatta, hech kim. Xolbuki, oddiy ishqiboz ham oliy liganing tur o‘yinlarini stadiondan turib kuzatishdan ko‘ra, uyda hordiq chiqargan holda Evropa yoki Amerika Kubogini kuzatishni istardi.

Xullas, PFL muxlislarni stadionga qaytarish uchun yangi rejim asosida ish boshlashi lozim. Avvalo, tur bahslarini dam olish kunlariga o‘tkazish, reklama va targ‘ibot ishlarini faol olib borish. O‘yin vaqtini muxlislarga ma’qul keladigan vaqtga qo‘yish ustida boshqotirishi kerak. Eng muhimi, maydonda to‘p surayotgan ikkala jamoa muxlislarni o‘ylagan holda chiroyli futbol namoyish qilishni shart. Shunda hozirgidek muammolar borasida so‘z yuritishni bas qilamiz!


Manba: Tribuna.Uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Stadionlarda muxlislarning kamayib ketishiga nima sabab bo‘lmoqda?