Parij Olimpiadasining boks musobaqalarida 51 kilogramm vazn toifasida jahonning eng kuchli ikki charm qo‘lqop ustasi – Hasanboy Do‘smatov va Saken Bibossinov o‘rtasidagi shiddatli jang hali ham muhokama va tahlil qilinmoqda.
Rossiyaning «neKARAte» Youtube-kanali bu bellashuvni “Olimpiya o‘yinlarining eng yaxshi jangi”, deb baholadi va bahs tahlilini o‘z kuzatuvchilari e’tiboriga havola etdi.
- Hakamlarning qaroriga to‘liq va mutlaq qo‘shilaman. Bu yerda hech qanday savol bo‘lishi mumkin emas.
Bunaqa janglar Olimpiadani bezaydi. Tezkorlik va texnika, ikkita mutlaqo boshqacha uslub, haqiqiy ikki boks ustasining bir ringda to‘qnashishi bu – superklass!
Bibossinovning bo‘yi baland, antropometriyasi zo‘r, buning evaziga u jangda qulay payt poylaydi, Do‘smatov esa, zarba bera olishi uchun yaqin va o‘rta masofaga kirib borishi, raqib himoyasini yorib o‘tishi shart. Qozog‘istonlik bokschi raqibni kutib olish va zarba berish uchun masofani ushlab turishi talab etiladi.
Qisqasi, bu jangda hech kim chekingani yo‘q, Bibossinov jangda “uyg‘onmadi”, deb bo‘lmaydi. Do‘smatov ham yetarli darajada faollik ko‘rsatmadi, degan fikr yo‘q. Bu jangda har ikkisi ham borini berdi.
Shunday bo‘lsa-da, Do‘smatovning ishlashiga e’tibor bersak, uning ringda haqiqiy “Professor” ekani namoyon bo‘ladi. Bu odam boks bilan tirik. U jangni o‘qiy oladigan haqiqiy bokschi. Jangda qachon oyoq harakatlarini ishga solish kerak bo‘lsa, shuni o‘z vaqtida qildi, qachonki oxirigacha kurashish kerak bo‘lsa, oxirigacha bosdi.
Hasanboy ringda nimalar bo‘layotganini yaxshi anglaydi. Bu jangda o‘ta muhim fazilat.
Jang tengma-teng bo‘ldi, lekin menga ko‘proq Do‘smatov yoqdi. Bu jangda u raqibidan katta ustunlik qilgani yo‘q, jang tengma-teng bo‘ldi. Hakamlarning qaroriga to‘liq qo‘shilaman. Do‘smatov bu jangni oqilona olib borgani menga ma’qul keldi, - deyiladi «neKARAte» Youtube-kanali sharhida.
Qozog‘istonda ham ekspertlar Bibossinov va Do‘smatov bellashuvini tahlil qilishni davom ettirmoqda. Xususan, Qozog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy Sagatbek Musaxanov bu jang bo‘yicha o‘z bahosini aytdi.
- Birinchi raundda Bibossinov g‘alaba qozondi. Ikkinchi raunddan Do‘smatov jangga faolroq kirishdi va kichik ustunlik bilan o‘z foydasiga hal qildi.
Uchinchi raundda O‘zbekiston vakili to‘liq ustunlik qildi. Mag‘lubiyatda hakamlarni ayblash kerak emas. Qozog‘istonlik bokschilar zahirasida nima bo‘lsa, hammasini namoyish qilib bo‘ldi, - dedi Sagatbek Musaxanov.
Eslatib o‘tamiz, Saken Bibossinov 2021 yilgi jahon chempioni va Tokio Olimpiadasi bronza medali sovrindori hisoblanadi.
Hasanboy Do‘smatov esa, 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medal va eng zo‘r texnikasi uchun Vel Barker kubogi bilan taqdirlangan. Jahon va Osiyo chempionatlarida g‘olib chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi