“Andijon” – OKMK (2:3) o‘rtasidagi bellashuvdan keyin mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida fiklari bilan o‘rtoqlashdi.
- Barchangiz ko‘rdingiz, jangovar o‘yin bo‘ldi. Hisobda ikkita to‘p bilan oldinga chiqib olganimizga qaramay, o‘yin yakunida mag‘lubiyatga uchradik. Afsuski, uchrashuvni yaxshi natija bilan tugata olmadik. Oddiy holatlarda muvozanatni yo‘qotishimiz evaziga mag‘lubiyatga uchradik. Raqib qarshi hujumlarda bizni jazoladi. Uchinchi gol o‘tkazganimizda ham o‘zimizning qo‘pol xatoimiz bo‘ldi. OKMK jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Raqib g‘alabaga munosib edi. Ular turnir jadvalida yuqori o‘rinlardan birida boryapti.
- OKMK yaxshi harakat qildi. Bizning futbolchilar ham yomon o‘ynashmadi. Boshlang‘ich tarkibni yomon deb bo‘lmaydi. Siz yetarlicha bilimga ega murabbiysiz. Ammo o‘yinchi almashtirishda kechikdingiz, deb o‘ylayman. Bir qator futbolchilar charchab qolishdi.
- Axir biz o‘yinchi almashtirishdan keyin ham gol o‘tkazib yubordik. Futbolchini qachon maydonga tushirish, qachon almashtirish – bu mening vazifam va men o‘zim yaxshi bilaman. Islom Mamatkazinni jarohati bor edi. Meni boshqa himoyachim yo‘q. Shuni ham hisobga olishim kerak-ku. Kimni qachon almashtirish kerak edi, vaziyatni ko‘rib turgandim. Albatta, himoyada kamchiliklar ko‘zga tashlanyapti. Barchasini tahlil qilamiz.
- Birinchi bo‘limda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan Levan Arveladzeni nima uchun almashtirdingiz?
- U mavsum davomida ko‘p o‘yinlarda ishtirok etib kelmoqda. Aynan u charchab qolgandi. Buni barchamiz ko‘rdik. Bizga gollar qaysi zonalardan urildi? Uni charchog‘i ham sezilgan va shu bois Levanni almashtirishga majbur bo‘ldik. Oddiy texnik xatolar yuz berdi. Uchinchi golda ham himoyachining taktik xatosi bo‘ldi.
- Eldor Adhamovning o‘yiniga qanday baho berasiz? Nima uchun Litovka zahirada qolyapti?
- Albatta, bu yerda nima uchun yana Adhamov maydonga tushdi, degan savol tug‘iladi. Tayyorgarlik jarayoni, o‘yinning holati va boshqalarni hisobga olib uni maydonga tushirishga qaror qilganmiz. Ba’zi-bir kuchliroq jihatlarini hisobga olib uni maydonga tushirgandik. Afsuski, bir qancha vaziyatlarda asabiy o‘yin bo‘ldi. Hammamiz g‘alaba qozonishni xohlagandik. Shunchaki maydonga tushmagandik. Biz har doim muxlislar uchun o‘ynashimizni juda yaxshi bilamiz. Adhamov qo‘lidan kelganicha harakat qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi