
«Manchester Yunayted» klubi APLning 5-turi doirasida «Uotford»ga 1:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Bu klubning rasmiy o‘yinlarda qatorasiga uchinchi marta ochko ololmasligi bo‘ldi. Bundan oldingi 2 uchrashuv ham Joze Mourino shogirdlarining mag‘lubiyati bilan yakunlangandi. O‘tgan haftaning shanba kunida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat, joriy haftaning payshanba kunida esa Evropa Ligasi guruh bosqichida «Feyenoord»ga qarshi o‘yinda 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat qayd etilgandi.
Portugaliyalik mutaxassis esa so‘nggi 10 yil ichida birinchi marta ketma-ket uch o‘yinda mag‘lubiyatli o‘yin o‘tkazdi.
2006 yilda «Chelsi» Mourino boshqaruvida premer-liganing dastlabki ikki turida yutqazgan, keyin Angliiya Superkubogi uchun bahsni «Liverpul»ga boy bergandi (1:2).
Manba: Tribuna.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar