Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etgan Abbosbek Fayzullayev Rossiya Premer-ligasida dastlabki ikkita va Rossiya kubogidagi bitta uchrashuvni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri kelgandi.
20 yoshli hujumkor futbolchimiz Parijdan Moskvaga qaytganidan keyin qisqa fursatdi rasmiy uchrashuv o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi.
SSKAni yozda qabul qilib olgan serbiyalik mutaxassis Marko Nikolich boshchiligidagi murabbiylar shtabi o‘zbekistonlik legionerni uchinchi turda “Orenburg” bilan bo‘lgan uchrashuvda boshlang‘ich tarkibga kiritdi.
Abbosbekning qadami qutlug‘ kelib, “armiyachilar” gollar shousini namoyish etib berdi. SSKA o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida 5:1 hisobida zafar quchdi. Bir soatdan ko‘proq harakat qilgan Fayzullayev bu gal ham juda faol o‘ynadi.
Uchrashuvdan keyin Marko Nikolich jurnalistlar savollariga javob berib, o‘z jamoasi o‘yinini baholadi.
— Yangi mavsumdagi birinchi uy uchrashuvida g‘alaba qozonishimiz juda muhim edi. Uchta turda 7 ochko jamg‘ardik, bu yomon ko‘rsatkich emas, lekin yanada ko‘proq ochko olish mumkin edi. Ko‘p gol ura oldik. Oldinga intilishda davom etamiz. Bo‘lajak uchrashuv uchun uzoq yo‘l bosishimiz kerak. Bugungi bahsga juda ko‘p tomoshabin keldi.
— Olimpiadadan keyin Abbosbek Fayzullayevning ahvoli qanday? U bugun juda ko‘p hujum tashkil qildi, hammaning e’tiborini tortdi...
— Bu savolga bir xil javob beraman: jamoaviy o‘yin. Bugun tennischi Novak Jokovich Olimpiya o‘yinlarining finalida o‘ynadi, mana shu individual sport, bizniki esa, jamoviy o‘yin.
Bevosita Abbosga kelsak, endi ancha yaxshi ko‘rinyapti, bir juft mashg‘ulotda qatnasha oldi. Uning holatidan qoniqish hosil qildim.
— “Orenburg”ning dastlabki o‘yinlari, ayniqsa, “Spartak” ustidan g‘alaba qozongani sizni o‘ylantirib qo‘ymadimi?
— “Orenburg” — dastlabki ikki turdan keyin raqib darvozasiga berilgan zarbalar bo‘yicha birinchi o‘rinda turgan jamoa edi. Ular keng maydon bo‘ylab o‘ynashni yaxshi ko‘radi, biz bugun o‘yinni shaxmatchilarga xos tarzda tashkil etishimiz talab qilinardi.
Biz uyushqoq tarzda harakat qilish, to‘pni o‘z nazoratimizda ushlab turishga urindik.
“Orenburg” — juda noqulay raqib. O‘tkazib yuborgan golimizni ham raqib maydon markazidan to‘pni o‘yinga kiritganidan keyin o‘zimizga o‘zimiz “olib keldik”.
Gollardan keyin bo‘shashib qoldik. Lekin 5:1 qoniqarli natija bo‘lishi kerak.
SSKA uchinchi turdan keyin yetti ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. “Armiyachilar” hali ochko yo‘qotmagan ikki klub – amaldagi chempion “Zenit” va Moskvaning “Dinamo” jamoalaridan orqada xolos.
Abbosbek Fayzullayev klubi navbatdagi turni vitse-chempion “Krasnodar” maydonida o‘tkazadi. To‘rtinchi turning markaziy uchrashuvlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan bu bellashuv 10 avgustga belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi