21:54 / 05.08.2024
831

Shomurodovning transferi eng qimmatlaridan bo‘ldi

Shomurodovning transferi eng qimmatlaridan bo‘ldi
Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali futbol olamiga oid turli statistik ma’lumotlarni ham e’lon qilib boradi.

Xalqaro tashkilot A Seriyada o‘ynagan osiyolik futbolchilar haqida ma’lumot tayyorladi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning “Jenoa”dan “Roma”ga ko‘chib o‘tgani eng qimmat ikkinchi transfer sifatida qayd etilgan. Ushbu transfer 2021 yilning yozida taniqli murabbiy Joze Mourino tashabbusi bilan amalga oshirilgan edi.

Osiyo futbolchilari orasida eng qimmat transfer sohibi yaponiyalik Xidetoshi Kakata bo‘lgan. “Roma”dan “Parma”ga ko‘chib o‘tgan yapon futbolchisi uchun parmaliklar poytaxtlik g‘aznasiga 28,4 million yevro o‘tkazib bergan.

Keyingi o‘rinda Eldor Shomurodovning transferini keltirish mumkin. Italiyadagi dastlabki mavsumida “Jenoa” safda 32 ta uchrashuvda sakkizta gol va ikkita assist muallifi bo‘lgan o‘zbek hujumchisining “Roma”ga transferi umumiy hisobda “bo‘rilar”ga 19,5 million yevroga tushgan.

Osiyolik futbolchilarning turli davrlarda A Seriyadagi “top-11” transferlari ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

- Xidetoshi Nakata, 28,4 million yevro, “Roma” -> “Parma”
- Eldor Shomurodov, 19,6 million yevro, “Jenoa” -> “Roma”
- Kim Min Dje, 19 million yevro, “Fenerbahche” -> “Napoli”
- Sion Suzuki, 7,5 million yevro, “Urava Red Daymonds” -> “Sent-Truyden” -> “Parma”
- Takexiro Tomiyasu, 7 millionov yevro, “Sent-Truyden” -> “Bolonya”
- Yuto Nagatomo, 6,5 million yevro, “Chezena” -> Inter
- Kvan-Son Xan, 3,5 million yevro, “Kalyari” -> “Yuventus”
- Takayuki Morimoto, 2,5 million yevro, “Tokio Verdi” -> “Kataniya”
- Ali Adnan, 2,2 million yevro, “Chaykur Rizespor” -> “Udineze”
- Syunsuke Nakamura, 2 million yevro, “Iokogama F.Marinos” -> “Rejina”
- Rahmon Rizoiy, 500 ming yevro yevro, “Istiqlol” -> “Peruja”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodov Yevropaning “top-5” chempionatlariga kiruvchi Italiya yuqori divizionida 2020 yilning oktyabridan beri o‘ynamoqda.

Bu davr mobaynida 29 yoshli legionerimiz “Jenoa”, “Roma”, “Spetsiya” va “Kalyari” jamoalari uchun A Seriyada 102 ta uchrashuvda 15 ta gol urgan va jamoadoshlariga 9 ta golli pas uzatgan.

Eldor Shomurodov Yevropadagi faoliyati davomida yagona sovrini – UYEFA Konferensiyalar kubogini 2021 yili “Roma” bilan birga qo‘lga kiritgan.

Ayni paytda rimliklar safida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan tajribali hujumchimiz tez orada boshqa klubga o‘tishi kutilmoqda. Shomurodovni olish bo‘yicha A Seriya vakili “Verona” ish bolib boryapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning transferi eng qimmatlaridan bo‘ldi