Parij mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlari boks musobaqalarida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda.
Hasanboy Do‘smatov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Lazizbek Mullajonovdan keyin Bahodir Jalolov ham Olimpiada finaliga chiqdi. Yana bir charm qo‘lqop ustasi – jahon chempioni Abdumalik Halakovda ham finalda ishtirok etish imkoniyati katta.
Bahodir Jalolov yarim finalda Germaniya sharafini himoya qilayotgan asli kelib chiqishi kamerunlik bo‘lgan Nelvi Tiafakni ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu jang asnosida britaniyalik boks eksperti Teylor O'Xiggins o‘ta og‘ir vaznning birinchi raqamli bokschisi bo‘lib turgan Bahodir Jalolovning g‘alabali yurishlarini tahlil qilib berdi.
- Amaldagi olimpiya va jahon chempioni Bahodir Jalolov Germaniyadan kelgan raqibi Nelvi Tiafakni mag‘lubiyatga uchratib, +92 kilogramm vazn toifasida Parij Olimpiadasining finaliga yo‘llanma oldi.
Aslida Jalolovning shiddatli janglariga hech kim qarshi tura olmaydi. Xususan, Tiafak ham ringda bokschilar darajasidagi farqni qisqartira olmadi va zarbalari asosan bo‘shliqqa to‘g‘ri keldi.
Men avvalroq o‘z izohlarimda ta’kidlaganimdek, Jalolov bunday janglarda sekin va xotirjam harakat qilib, xavfni minimallashtirishga katta e’tibor qaratadi. Yarim finalda Bahodir faqat uchinchi raundda o‘z boks uslubini namoyish qildi. U Tiafakka qarshi hujumga o‘tib, o‘z kombinatsiyalarini amalga oshirdi.
Men Jalolovdan ko‘proq narsa kutayotgan muxlisu mutaxassislarni tushunib turibman. Lekin o‘ta og‘ir vazn toifasida, ayniqsa, Tiafak singari kuchli zarbaga ega pancherga qarshi bahsda bunday qilish yaramaydi.
Jalolovning masofada ishlash orqali ehtiyotkorlikni saqlagan holda xotirjam g‘alaba qozonishga urinishini tanqid qilib bo‘lmaydi. O‘ta og‘ir vazn toifasida tavakkal qilib, tajovuzkor tarzda faqat hujumga zo‘r bergan bokschi qarshi hujumga tutilib qolish ehtimoli katta, - dedi Teylor O'Xiggins.
Bahodir Jalolov uchun bu so‘nggi Olimpiya o‘yinlari bo‘ladi. 30 yoshli charm qo‘lqop ustasi havaskorlar boksidagi faoliyatini yuqori nuqtada – Olimpiya o‘yinlarining ikki karra g‘olibi o‘laroq tugatmoqchi. Keyin u bor e’tiborini professional boksda jahon chempionligi kamarlarini qo‘lga kiritishga qaratadi.
Jalolov Parij Olimpiadasida hozirgacha uchta jang o‘tkazib, norvegiyalik Umar Muhammad Shixa, avstraliyalik Teremoana Junior, germaniyalik Nelvi Tiafakni bir xil – 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi tajribali bokschimiz havaskorlar boksidagi so‘nggi jangini Olimpiya o‘yinlarining finalida ispaniyalik Ayub Gadfaga qarshi o‘tkazadi.
Bahodir Jalolov 25 yoshli raqibi bilan 2023 yili Toshkentda o‘tkazilgan jahon chempionatida to‘qnash kelib, zafar quchgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi