00:48 / 09.08.2024
18

Parij—2024. Abdumalik Halokov avstraliyalik raqibini mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi

Parij—2024. Abdumalik Halokov avstraliyalik raqibini mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

-57 kg vazn toifasida harakat qiladigan Abdumalik Halokov yarim finalda avstraliyalik Charlie Senyorga qarshi jang qildi.

Birinchi raundni Abdumalik 5:0 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa, ikkinchi raundda 4:1 hisobini qayd etdi.

Uchinchi raundda ham g‘alaba qozongan o‘zbekistonlik bokschi final yo‘llanmasini naqd qildi.

Abdumalik Halokov dastlabki bosqichda Shvetsiya vakili Nebil Ibrahimga qarshi jang qilib g‘alaba qozongan edi. Ikkinchi jangida esa ispaniyalik Xose Kuiles Brotonsni taslim etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij—2024. Abdumalik Halokov avstraliyalik raqibini mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi