Prezident Shavkat Mirziyoyev Parij Olimpiadasida o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan hamda ikki karra olimpiya chempioniga aylangan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va bokschi Hasanboy Do‘smatov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari sportchilarni qizg‘in tabriklab, terma jamoamiz tomonidan bir kun ichida Olimpiadaning ikkita oltin medali qo‘lga kiritilgani O‘zbekiston sporti uchun tarixiy voqea bo‘lganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Yigitlarning dadil va ishonchli chiqishlari, tengsiz mahorati va mardligi chinakam qahramonlik namunasi bo‘lgani, Yangi O‘zbekistonning yoshlari nimalarga qodir ekanini ko‘rsatgani, xalqimizga ulkan kuch va g‘urur bag‘ishlaganini ta’kidladi. Murabbiylari, ota-onasi va yaqinlariga minnatdorlik bildirdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatov alohida e’tibor va ishonch, sportchilarga barcha sharoitlar yaratilgani uchun davlat rahbariga tashakkur izhor etib, ushbu g‘alabalarni Yangi O‘zbekistonga bag‘ishlashganini aytishdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»