00:49 / 10.08.2024
202

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Parij Olimpiadasi oltin medal sohibi

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Parij Olimpiadasi oltin medal sohibi
Foto: MOQ
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

-71 kg vazn toifasida harakat qiladigan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev meksikalik Marko Alonso Verdega qarshi jang qildi.

Birinchi raund to‘liq Asadxo‘janing ustunligida o‘tdi va 5:0 hisobi qayd etildi. Ikkinchi raund ham 5:0 hisobida o‘zbekistonlik bokschining foydasiga hal bo‘ldi.

Uchinchi raundda ham raqibiga imkon qoldirmagan Asadxo‘ja Parij Olimpiadasi oltin medaliga ega chiqdi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev musobaqadagi ilk jangini misrlik Omar Elavadiga qarshi o‘tkazib, mutlaq ustunlik qilib g‘alaba qozongan edi. Ikkinchi jangda daniyalik Nikolay Terteryan taslim etilgandi. Yarim finalda esa AQSH vakili Omari Jons ustidan g‘alaba qozongandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Parij Olimpiadasi oltin medal sohibi