13:53 / 11.08.2024
274

Olimpiada-2024 – qo‘shni mamlakatlarni yanada birlashtirdi

Olimpiada-2024 – qo‘shni mamlakatlarni yanada birlashtirdi
Parij-2024 Olimpiadasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining har bir chiqishida qardosh millat vakillarining o‘zaro qo‘llab-quvvatlashi, bir-birining g‘alabasidan quvongani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Xususan, Bahodir Jalolovning ispaniyalik bokschiga qarshi shanba oqshomidagi final jangida Parijdagi zalda nafaqat o‘zbekistonlik muxlislar, balki qo‘shni mamlakatlar – Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistondan kelgan muxlislar ham ikki karra Olimpiada chempioniga aylangan O‘zbekiston vakiliga muxlislik qilishdi. Bu qo‘shni mamlakatlarni yanada birlashtirmoqda.

Buni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ham qayd etib o‘tdi.

«Parij Olimpiadasida boks bo‘yicha musobaqalar finalida g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolovga muxlislik qilgan hamyurtlarimiz Vatanimiz bayrog‘i bilan birgalikda qo‘shnilarimiz, qardoshlarimiz Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bayroqlarini ham ko‘tarib turdilar.

Mintaqamizdagi har bir mamlakatning yutug‘i - butun Markaziy Osiyoning yutug‘i. Sport birlashtiradi. Kuch - birlikda! Olg‘a, O‘zbekiston! Olg‘a, Markaziy Osiyo!
», - deya yozadi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov ham Parijdagi turnirlarda bir-birini o‘zaro qo‘llab-quvvatlagan qo‘shni mamlakat muxlislarining birordarligini olqishlagan.

«Do‘sti ko‘p qaddi bukilmas deydilar qon kechsa ham,
Kechmagay mard do‘stidan molu jondin kechsa ham,
Qayda tursang tur vale, do‘st bo‘sang yonimda tur,
O‘ngda tur yo so‘lda tur, sen meni yonimda tur.

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston bayroqlarini yonma yon turishini qarang. Haqiqiy do‘stlik mana shunaqa bo‘ladi
», - deya yozadi u telegramdagi kanalida.

Avvalroq, Abdumalik Xalokovga qarshi finalgacha yetib kelib, kumush medaliga ega chiqqan qirg‘iz bokschisi Munarbek Seitbek Uluuga o‘zbekistonlik murabbiy Akmal Hasanov qiyin pallada sekundantlik qilayotgani, uning Parijga kela olmagan murabbiyi o‘rnini bilintirmaslik uchun yordam berayotgani Qirg‘izistonda e’tiroflarga sabab bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olimpiada-2024 – qo‘shni mamlakatlarni yanada birlashtirdi