22:32 / 11.08.2024
66

Superliga. "Bunyodkor" o‘z stadionida "Andijon"ni mag‘lub etdi

Superliga. "Bunyodkor" o‘z stadionida "Andijon"ni mag‘lub etdi
Bugun Superliganing 15-tur o‘yinlari davom ettirildi. Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi o‘z stadionida "Andijon" klubiga qarshi maydonga chiqdi. "Qaldirg‘ochlar"ning qo‘li baland kelgan ushbu bahsda 2:0 hisobi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 47-daqiqasida Muzaffar Olimjonov "Bunyodkor"ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Boburbek Yulboshevning 87-daqiqadagi goli hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa "qaldirg‘ochlar" mavsumdagi ikkinchi g‘alabasiga erishdi.

"Bunyodkor" - "Andijon" 2:0
Gollar
: Muzaffar Olimjonov (47, Temurxo‘ja Abduxoliqov), Boburbek Yo‘ldoshev (82, Andriya Filipovich).

"Bunyodkor": 1. Marin Lyubich, 5. Momchilo Raso, 6. Boburbek Yo‘ldoshev, 7. Shahboz Jo‘rabekov (66. Azizbek To‘lqinbekov, 90+2), 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov (4. Najmiddin Normurodov, 90+2), 22. Usmonali Ismonaliyev, 23. Asadbek Rahimjonov (8. Frane Chiryak, 80), 25. Itsuki Urata, 57. Amir To‘raqulov, 74. Luis Kachorri, 77. Muzaffar Olimjonov (41. Andriya Filipovich, 72).
Zaxiradagilar: 71. Sarvar Karimov, 10. Rasul Yo‘ldoshev, 14. Mirjahon Mirahmadov, 17. Ollobergan Karimov, 65. Ahmadullo Muqimjonov.

"Andijon": 72. Igor Litovka, 3. Lyubisha Petsel (14. Abdurahmon Komilov, 68), 5. Abdulvohid Gulamov, 9. Levan Arveladze, 10. Ilhomjon Abdug‘aniyev, 15. Vladimir Bubanya (S), 17. Farhodjon Sohibjonov (11. Vagiz Galiulin, 67), 26. Muhammadkarim Toirov (18. Damir Temirov, 79), 28. Islom Mamatkazin, 71. Bektemir Abdumannonov (99. Shahrom Samiyev, 67), 77. Rustam Turdimurodov (13. Sardorbek Azimov, 79).
Zaxiradagilar: 1. Eldor Adhamov, 8. Farhodbek Bekmurodov, 21. Ildar Mamatkazin, 66. Ilhomjon Alijonov.
Ogohlantirish: Muhammadkarim Toirov (77).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Bunyodkor" o‘z stadionida "Andijon"ni mag‘lub etdi