21:30 / 12.08.2024
62

Superliga. OKMK o‘z maydonida "Navbahor"ni mag‘lub etdi

Superliga. OKMK o‘z maydonida "Navbahor"ni mag‘lub etdi
Bugun Superliganing 15- tur o‘yinlari davom ettirildi.

OKMK jamoasi o‘z stadionida "Navbahor" klubiga qarshi maydonga chiqdi. "Konchilar"ning qo‘li baland kelgan ushbu bahs 2:1 hisobi bilan yakunlandi.

O‘yinning 18-daqiqasida OKMK hujumchi Datsi Kleydi hisobni ochgan bo‘lsa, "lochinlar" himoyachisi Filip Ivanovich kuchlarni tenglashtirdi. Qo‘shib berilgan 90+8 daqiqadagi Mixail Klepachning goli OKMKga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa "Konchilar" 15-turda 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi. "Lochinlar" esa uyga ochkosiz qaytadigan bo‘ldi.

OKMK – "Navbahor" 2:1
Gollar
: Kleydi Datsi 18', Mixail Klepach (Dilshodbek Ahmadaliyev) 90+8' – Filip Ivanovich 74'

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 2.Akramjon Komilov, 3.Sardor Rahmonov, 4.Mirjamol Qosimov (18.Aziz Xolmurodov, 71), 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 7.Dilshodbek Ahmadaliyev, 9.Ruben Sanches (77.Nodirbek Abdurazzoqov, 71), 10.Xurshid G‘iyosov (99.Irakli Ruxadze, 90), 11.Kleydi Datsi (27.Ali Abdurahmonov 85), 28.Arixiro Sentoku (19.Mixail Klepach, 85), 30.Abror Sarimsoqov.
Zaxira: 1.Valijon Rahimov, 14.Azizbek Bahramov, 21.Saidafzalxon Axrorov, 22.Shohruh Gadoyev.

"Navbahor": 35.Sanjar Quvvatov, 7.Azim Ahmedov (17.Ruslan Jiyanov, 53), 8.Siyavash Haqnazari (55.Komil Tojiddinov, 53), 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jamshid Iskanderov, 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboyev, 21.Giorgi Nikabadze, 23.Yovan Jokich, 77.Abror Ismoilov (88.Asad Jo‘raboyev, 88).
Zaxira: 18.Eldor Suyunov, 4.Abror Karimov, 24.Doston Abdulxayev, 27.Jahongir Tursunov, 99.Elbekjon Yo‘lchiyev.
Ogohlantirish: Giorgi Nikabadze (24), Akramjon Komilov (73), Dilshodbek Ahmadaliyev (78), Jamshid Boltaboyev (88).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. OKMK o‘z maydonida "Navbahor"ni mag‘lub etdi